SpaceX va Tesla kompaniyalari chiplar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan Terafab majmuasining render tasvirlarini namoyish qildi.

Ma’lumot berilishicha, majmuaning maydoni qariyb 9,3 mln kvadrat metrni tashkil etadi.

Tesla matbuot xizmatiga ko‘ra, u Texas shtatidagi Grayms okrugida quriladi.

Bu yerda Tesla avtomobillari va robotlari uchun mikrosxemalar, SpaceX hisoblash tizimlari uchun chiplar tayyorlanadi.

«Terafab dunyodagi eng katta va eng qimmatli bino bo‘ladi», - deya ta’kidlagan Ilon Mask.

Qayd etilishicha, majmua maydoni Pentagon binosidan taxminan 50 baravar katta bo‘ladi.