Xitoy sharqiy sohiliga «Delfin» tayfuni kelib urildi, deb xabar berdi Reuters.

Xabarda aytilishicha, eng kuchli zarba Yuyxuan shahri sohiliga to‘g‘ri kelgan. Sohilning aksariyat hududlarida kuchli yomg‘irlar yog‘gan. Bo‘ron markazida shamol tezligi soniyasiga 42 metrga yetgan.

Tayfun sababli sohilbo‘yi hududlardan qariyb 1 mln kishi evakuatsiya qilingan. Shanxayda 1,5 mingga yaqin aviareys bekor qilingan.

Avvalroq tayfun Yaponiyaning Okinava prefekturasiga kelgandi. U yerda olti kishi jarohatlangan, 50 mingga yaqin aholi elektrsiz qolgan.