Jizzax viloyatining Şarof Raşidov tumanidagi 11-umumta'lim maktabida öquv yilining ilk kunida 9-sinf öquvçisi (qiz bola) dars vaqtida tösatdan vafot etdi.
Şarof Raşidov tuman prokuraturasi ma'lumotida aytilişiça, hodisa darsning 3-soat, “Informatika” darsida yuz bergan bölib, uşbu dars soat tugaşiga 15 daqiqa qolganda (soat kunduzgi 10:10lar atrofida) öquvçi huşidan ketgan.
Dars vaqtida vafot etgan Ş.S.ning holati ertalab maktabga kelganida yaxşi, tana harorati 36.8 bölgan, antiseptik vositalar bilan zararsizlantirilgan.
Dars vaqtida Ş.S. ötirgan joyidan yon tomonga deraza tokçasiga suyangan holda yotib huşidan ketgan.
Şu kuni “Xavaslik” Qişloq vraçlik punkti şifokorlari maktabning 1-sinf öquvçilarini emlaş uçun maktabga kelgan bölişgan. Maktab öqituvçilari bergan xabariga köra, uşbu QVP şifokorlari huşidan ketgan öquvçiga birinçi yordam körsatişgan.
Biroq, yordam körsatiş vaqtida qizda hayot uçun heç qanday belgi körinmagan. Şunday bölsa-da, tibbiyot xodimlari unga öpka-yurak reanimatsiyasini amalga oşirişgan, taşqi yurak massaji qilingan va sun'iy nafas berib, birinçi tibbiy yordam körsatilgan. 15 daqiqalik reanimatsiya harakatidan keyin ham unda hayotlik belgilari tiklanmagan.
Voqea joyiga tuman prokuraturasi xodimlari, tuman IIB tezkor xodimlari, voyaga yetmaganlar işlari böyiça tuman idoralararo komissiyasi, sud tibbiyot ekspertizasi eksperti çiqqan.
Dastlabki töplangan hujjatlarga köra, Ş.S.da surunkali kasallik, ekspertiza körigida uning tanasida biron-bir tan jarohati aniqlanmagan.
Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma'lumotiga köra, öquvçining ölimiga ötkir nafas yurak-qon tomir yetişmovçiligi tez va qisqa vaqt içida yuzaga kelganligi sabab bölgan.
Uşbu maktabda öquv yili 14 sentabr kunidan boşlangan bölib, Ş.S. darslarga töliq qatnaşib kelgan va özlaştirişi örta holatda bölgan.
Maktabning 9-v sinf rahbari öz tuşuntiriş xatida öquvçida muqaddam kasal böliş holatlar bölmaganligini, darslarga töliq qatnaşib kelmaganligini, biron-bir oğir kasallik bilan kasallanmaganligini, darsga kelgan vaqtida ham holati yaxşi bölganligini, harorati 36.8 bölganligini ma'lum qildi.
Holat böyiça sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan, maktab direktori, direktor örinbosarlari, maktab psixologi, 9-v sinf rahbari, “Ziyokor” QVP mudiridan tuşuntiriş xatlari olgan.












