Yevropa Ittifoqida yanvar-avgust oylarida avtomobillar savdosi ötgan yilning şu davriga nisbatan 32 foizga kamaydi.
Yevropa avtomobil işlab çiqaruvçilar assotsiatsiyasi (ACEA) ma'lumotlariga köra, YeI mamlakatlarida röyxatga olingan yangi avtomobillar soni 6 mln 123 ming 852 donani taşkil etgan. Ötgan yilning şu davrida bu körsatkiç 9 mln 2 ming 172 donaga teng bölgan.
Mintaqada avtomobil bozorida eng yuqori pasayiş kuzatilgan mamlakatlar Ispaniya (-40,6 foiz), Italiya (-38,9 foiz), Fransiya (-32 foiz) va Germaniya (-28,8 foiz) böldi.
YeIga a'zo 27 mamlakatdan yettitasi, jumladan Fransiya va Ispaniya iyulda maşinalarni röyxatga oliş ösganini ma'lum qilgandi. Bundan taşqari, Buyuk Britaniya, Islandiya va Norvegiyada savdo tiklanişi alomatlari közga taşlangandi.
Biroq avgustda avtomobil bozoridagi vaziyat yana yomonlaşdi va YeIning barça mamlakatlarida (Kiprdan taşqari) sotuv hajmi tuşib ketdi.
Joriy yilning ötgan sakkiz oyida sotuv hajmi sezilarli pasaygan kompaniyalar Yaponiyaning Mazda (-45,7 foiz) va Honda (-39,9 foiz) hamda Britaniyaning Jaguar Land Rover (-40 foiz) kompaniyalari böldi.








