Futuristik körinişga ega modelning oğirligi 40 tonnani taşkil qiladi. U 25 tonna yuk kötara oladi. Yuk maşinasi ikkita yonilği bakiga ega bölib, ulardan har biri 40 kg suyultirilgan vodorodni öz içiga siğdiradi. Bunday hajmdagi vodorod yuk maşinasining 1000 km yöl bosib ötişiga yetadi. Kompaniyada yuk maşinasining vodorod bilan töldirilişiga oddiy yuk maşinasini dizel yonilğisi bilan töldiriş kabi vaqt ketişiga va'da qilingan.   

Maşina ikkita elektr dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Ularning eng yuqori quvvati 449 ot kuçini, tayanç quvvati esa 312 ot kuçini taşkil qiladi. Motorlar 300 kVtli yonilği elementlari tizimi va qöşimça 400 kVt bera oladigan akkumulyatordan energiya oladi.

Nemis kompaniyasi, şuningdek, ikkita elektr yuk maşinasini taqdim etgan. Bular eActros va eActros LongHaul modellari bölib, ular bir quvvatlanişda mos ravişda 200 km va 500 km yöl bosa oladi. eActros 2021 yildan, eActros LongHaul esa 2024 yildan işlab çiqarilişi kutilmoqda.

Ayni vaqtda nemislardan taşqari, vodorodda yuruvçi yuk maşinalarini yaratiş ustida bir neça kompaniya iş olib bormoqda. Jumladan, oktabr oxirida Hyundai kompaniyasi HDC-6 Neptune deb nomlangan yuk maşinasini taqdim etişi kutilmoqda. Bundan taşqari, Toyota kompaniyasi ham şu yönalişda iş olib bormoqda.