Germaniyaning Mercedes-Benz avtomobil işlab çiqaruvçisi xarajatlarni qisqartiriş dasturini işga tuşirdi va ixtiyoriy ravişda işdan böşaydigan xodimlariga 500 ming yevrogaça kompensatsiya taklif qilmoqda.
Kompaniyaning maqsadi — 2027 yilga qadar 5 milliard yevro tejaşdir. Rahbariyat majburiy qisqartirişlar örniga moliyaviy rağbatlantiriş strategiyasini tanlab, xodimlarni öz ixtiyori bilan lavozimni tark etişga undaşga qaror qildi. Dastur asosan ma’muriy xodimlarga qaratilgan bölib, tölov miqdori iş staji va maoşga boğliq.
Maksimal 500 ming yevro kompensatsiyani kompaniyaning faxriy xodimlari olişi mumkin. Masalan, oylik maoşi 9 ming yevroga yetadigan, 30 yillik iş stajiga ega 55 yoşli bölim rahbari öz xohişi bilan işdan böşaşga rozi bölsa, şunça miqdorda kompensatsiya oladi.
45 yoşli, 20 yillik iş stajiga ega va oylik maoşi 7,5 ming yevroni taşkil etadigan menejer — 300 ming yevro, 6 ming yevro daromadga ega 30 yoşli xodim — 100 ming yevro kompensatsiya olişi mumkin.
Ta’kidlanişiça, dastur işlab çiqariş bilan bevosita boğliq bölmagan 30 mingga yaqin xodimni qamrab oladi. Alohida takliflar yaqin haftalarda beriladi, xodimlar esa qarorni 2025 yil 31 iyulgaça qabul qilişlari kerak.
Mercedes kompaniyasining qayd etişiça, uşbu taklifni rad etgan xodimlar işdan böşatilmaydi, şuningdek, kompaniya kerakli mutaxassislarni hatto özi xohlasa ham, olib qolişga harakat qiladi.
Kasaba uyuşmasi bilan tuzilgan kelişuvga köra, bu kabi yondaşuv orqali ma’muriy xodimlar 2034 yilgaça qisqartirişlardan himoyalangan.

















