Prezidentning “Özbekiston Respublikasi hududida sotiladigan mahsulotlarning Yagona elektron katalogini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari foydalanadigan mahsulotlar nomlarini unifikatsiyalaş böyiça işlar olib borilgan.
Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasining birlamçi hujjatlarda unifikatsiyalaşgan mahsulot (tovarlar, xizmatlar) nomlaridan foydalaniş, şu jumladan bosqiçma-bosqiç mahsulotlarning noyob kodlarini (ştrix-kodlarini) unifikatsiyalaşgan mahsulot nomlariga avtomatik ravişda boğlaş töğrisidagi taklifiga rozilik bildiriladi.
Quyidagilar:
- Taşqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (2017 yil versiyasi) asosida işlab çiqarilgan mahsulot, tovar va xizmatlar asosiy turlarining yagona elektron katalogi;
- Mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar)ning Yagona elektron katalogini yuritiş tartibi töğrisidagi nizom;
- Xöjalik yurituvçi sub’yektlarning tuzilgan şartnomalarini Yagona şartnomalar axborot platformasida röyxatdan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi.
Belgilanişiça:
- 2020 yil 1 noyabrdan boşlab - mahsulot, tovar va xizmatlar asosiy turlarining yagona elektron katalogida körsatilgan mahsulot noyob nomlari va identifikatsiya kodlarini elektron hisobvaraq-fakturalarda aks ettiriş;
- 2021 yil 1 yanvardan boşlab – tadbirkorlik sub’yektlari örtasida tuzilgan şartnomalarni, Yagona elektron şartnomalar informatsion portalida röyxatdan ötkaziş;
- 2021-yil 1 fevraldan – elektron hisobvaraq-fakturalarida mahsulotlarning unifikatsiyalaşgan nomlari va Yagona elektron şartnomalar informatsion portalida röyxatga olingan şartnomalari asosida ularning mahsulotlar va xizmatlar uçun identifikatsiya kodlarining (MXIK) avtomatlaştirilgan tarzda aks etilişi joriy qilinadi.
Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi huzuridagi «Yangi texnologiyalar» ilmiy axborot markazi davlat unitar korxonasi Katalog va Yagona elektron şartnomalar informatsion portalini yurituvçi operator deb belgilanadi.
Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasiga tadbirkorlik sub’yektlari takliflari hamda bozorda yangi mahsulot turlari şakllanişi asosida Katalogga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş vakolati beriladi.










