Zamonaviy texnologiyalar hayotimizga borgan sari chuqurroq kirib kelyapti. Hatto bog‘cha yoshidagi bolalar ham gadjetlardan bemalol foydalana olishyapti.
Ammo, zukko bolalarning texnologiyaga qiziqishlarini hamma ota-onalar ham to‘g‘ri yo‘naltira olyapti, deya olmaymiz. Vaholanki, bolalarning bu qiziqishlari rivojlantirilsa, ulardan kelgusida kreativ aql egalari, ixtirochilar yetishib chiqishi hech gap emas.
Shu o‘rinda, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda bolalarning robototexnikani o‘rganishiga imkoniyatlar paydo bo‘la boshlagani kishini quvontiradi.

Biz Toshkentda joylashgan, bolalarga robototexnika o‘qitishga ixtisoslashgan «OPTIMAL TA'LIM» o‘quv markazining yosh o‘qituvchilari – Bekzod Abdurahmonov va Surayyo Jabborova bilan suhbatda bo‘lib, ko‘pchilik ota-onalarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan savollarga javob oldik.
– Umuman, robototexnika o‘zi nima va u bolalarga nima beradi?
– Robototexnika – bu robotlar va ularni boshqarish, sensorli aloqa, axborotni qayta ishlash uchun kompyuter tizimlarini loyihalash, qurish, ishlatish va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanadigan texnologiyalar sohasi.
Robototexnikani o‘rganishning ta'siri bolalarda quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- e'tiborni va xotirani kuchaytiradi;
- mantiqiy va matematik fikrlashni rivojlantiradi;
- badiiy, dizayn jihatdan fikrlashni yaxshilaydi;
- o‘ziga ishonchni kuchaytiradi;
- jamoada va mustaqil ravishda ishlashni o‘rganadi;
- bolalarning aniq fanlarni o‘zlashtirishi osonlashadi;
- IT-sohasiga oid fundamental bilimlarni o‘zlashtiradi;
- qaror qabul qilish va mas'uliyat ko‘nikmasi shakllanadi;
Umuman, robototexnikani o‘rgangan bola istiqbolli va rivojlanayotgan sohaga dastlabki qadamini qo‘ygan bo‘ladi.
– «OPTIMAL TA'LIM» o‘quv markazi nima uchun ta'lim dasturlarida bu yo‘nalishga keng o‘rin ajratgan?
– «OPTIMAL TA'LIM»da robototexnika kursi italyan metodi asosida, tajribali mentorlar tomonidan olib boriladi. Darslar ingliz, o‘zbek va rus tillarida o‘tiladi va faqat natija uchun ishlanadi. O‘quvchilarning natijasi bu – bizning yuzimiz.

















