Suriyaning şimoli-ğarbiy qismida navbatçilik qilayotgan harbiylar örtasida töqnaşuvlar şu yilda köpaydi. Endi bu yerga 100 nafar amerikalik harbiy va 6ta harbiy texnika yuboriladi.
AQŞ harbiy dengiz kuçlari kapitani, AQŞ qurolli kuçlari markaziy qömondonligi rasmiy vakili Bill Urban qöşimça kontingent joylaştirilişidan maqsad koalitsiya kuçlari xavfsizligini ta'minlaşdan iborat ekanini aytib ötgan.
U Kuvaytdan harbiy maşinalardan taşqari «Sentinel» radarlari ham Suriyaning uşbu qismiga köçirilayotgani, bu yerda navbatçilik reydlari miqdori oşirilişini ma'lum qilgan.
«AQŞ Suriyada boşqa davlatlar bilan ziddiyat izlamoqçi emas, ammo zarurat tuğilsa, koalitsiya harbiylarini himoya qilamiz», degan Urban.
Rossiyaga yaqqol signal
Bill Urban öz çiqişida Rossiya nomini tilga olmagan, ammo amerikalik boşqa bir harbiy amaldorning bayonoti oçiqroq bölgan.
«Bu harakatlar va kömak kuçlari yuborilişi - Rossiyaga yaqqol signal, Suriya şimoli-şarqida Rossiya va boşqa tomonlar noprofessional, xavfsiz bölmagan va buzğunçi harakatlardan tiyilişlari, keskinlik yumşatilişi uçun kelişuvlarga rioya qilinişi kerak», deya nomi oşkor qilinişini istamagan amerikalik rasmiyning sözlarini keltirgan NBC telekanali.
NBC qöşimça kuçlar koalitsiya harbiylari va kurd otryadlari nazoratidagi xavfsiz hududga rossiyaliklar tomonidan hujum qilinişining oldini oliş maqsadida yuborilayotganini aytgan manba sözlarini ham keltirgan.
Sönggi yillarda Suriyada rossiyalik va amerikalik harbiylar örtasida turli hodisalar röy berib turibdi. Ammo sönggi haftalarda ziddiyat qat'iy xarakter kasb etdi.
Avgust oyi oxirida amerikalik yetti nafar harbiy rossiyaliklarning jangovar maşinasi bilan töqnaşuv tufayli jarohat olgandi.

Hozirda uşbu hududda 500 nafarga yaqin amerikalik askar bor - bu avval bölganidan ança kam.
2019 yil oktyabrida AQŞ prezidenti Tramp Suriyadan ming nafar harbiyni olib çiqişga qaror qilgandi.
Bir neça oy ötib u Suriyada neft quduqlarini qöriqlaş uçun bir neça yuz askar qoldirilişini ma'lum qildi.














