«Rossiya Federatsiya bilan Özbekiston örtasidagi muntazam aviaqatnovlarni tiklaş böyiça Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi Rossiya Federatsiyasi Transport vazirligi hamda Aviatsiya hukumatlari bilan bir neça bor muzokaralar olib bordi. Biroq Rossiya Federatsiyasining koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraş böyiça Maxsus komissiyasi uşbu taklifni rad etdi. Rossiya Federatsiyasi Maxsus komissiyasi bu holatni xorijdan kirib keluvçi yölovçilar hajmi köpayişi oqibatida mamlakatda epidemiologik holat izdan çiqişi mumkinligi bilan izohladi.
Şunga qaramasdan Rossiya aviatsiya hukumati hamda Rossiya Transport vazirligi Özbekiston Transport vazirligi tomonidan yuborilgan murojaatnoma asosida Rossiya Maxsus komissiyasiga taqdimnoma kiritdi. Hozirda Rossiya Maxsus komissiyasining qarori kutilmoqda», degan u.
Kuz mavsumi kirib kelgani hamda havo harorati pasayib borayotganini inobatga olgan holda Rossiyada qolgan özbekistonliklar mamlakatga olib kelinişini tezlaştiriş maqsadida muntazam aviaqatnovlar tiklanguniga qadar Respublika maxsus komissiyasi topşiriğiga binoan Transport vazirligi tomonidan Rossiya şaharlariga bölgan charter aviaqatnovlari soni oşirilgan.
Xususan:
- Toşkent-Moskva yönalişi kuniga 2 marta;
- Toşkent-Sankt-Peterburg yönalişi kuniga 1 marta;
- Toşkent-Rostov yönalişi haftasiga 3 marta;
- Toşkent-Samara yönalişi haftasiga 2 marta;
- Toşkent-Novosibirsk yönalişi haftasiga 1 martadan;
- Toşkent-Vladivostok yönalişi haftasiga 1 martadan;
- Toşkent-Qozon yönalişi haftasiga 1 martadan;
- Toşkent-Yekaterinburg yönalişida 2 haftada 1 martadan.
Bundan taşqari, fuqarolar olib kelinişi uçun birgina sentabr oyining özida Rossiyaning bir neça aviakompaniyalariga ular yuborgan sörovnomalar asosida mamlakatning barça aeroportlariga 80dan ortiq charter aviaqatnovlarni amalga oşirişga ruxsat berilgan.
«Hozirda RF bilan Qozoğiston çegara hududida töplanib borayotgan Özbekiston fuqarolarini olib keliş uçun charter poyezd qatnovlari amalga oşirib kelinmoqda. Şuningdek, Qozoğistonning RF bilan çegaradoş hududlardagi fuqarolarimizni olib keliş böyiça charter avtobus qatnovlarini amalga oşirişga kelişib olindi», degan Aziz Abduhakimov.






