«Amerika Qöşma Ştatlari olimlari tomonidan ötkazilgan tadqiqotlar natijalariga köra ham Covid-19 kasalligini boşdan keçirganlarning ayrimlarining organizmidagi qon tarkibida 90 kungaça virus aylanib yurişi tasdiqlangan.

Bir neça olimlar bunday odamlar 90 kun mobaynida tarqatuvçi bölib qolişi haqida yozişmoqda, lekin bu ma'lumotlar töliq tasdiqlanmagan.

Lekin kasallikning örta oğir, oğir va öta oğir darajasiga çalingan bemorlar bir oy va undan köp muddat davomida davolanişmoqda. Bu – inson organizmiga tuşgan virus yuklamasi, unga nisbatan organizmning javob reaksiyalariga ham boğliqdir.

Bugungi kunda virus tarqatuvçanligi, kasallik organizmda keltirib çiqaruvçi alomatlari, inson organizmining javob reaksiyasi, kasallik asoratlanişi va reabilitatsiya jarayoni böyiça şifokorlar va olimlar doimiy ravişda izlanişlar olib bormoqda.

Bu esa yana bir bor kasallangan bemorlarning alohidalanişi, yaqinlari, farzandlari va ota-onalari bilan boriş-kelişni kamaytirişlari, umuman, uydan taşqariga çiqişni çeklaşlari kerakligini bildiradi», dedi u AOKAda ötkazilgan brifingda.