Iqtisodiyot – köpçilik uçun tuşunarsiz va murakkab soha. Ammo aynan mana şu murakkablik bahonasida nafaqat aholining, balki lavozim egalarining ham iqtisodiy savodxonligi pastligi bir qator siyosiy muammolarning paydo bölişiga sabab böladi. Notöğri iqtisodiy qarorlar mamlakat aholisining turmuş farovonligiga ta'sir körsatişdan tortib, yirik inqirozlarga ham olib kelişi mumkin.

Amerikalik Henri Hezlitt «Butun iqtisodiyot bitta darsda: iqtisodiyot asoslarini tuşunişning eng qisqa va işonçli usuli» (Economics in One Lesson: The Shortest and Surest Way to Understand Basic Economics) kitobida iqtisodiyotni sodda tilda tuşuntirişga harakat qiladi.

Kun.uz’ning foydali adabiyotlar, ilmiy-ommabop kitoblarning eng asosiy mazmunini konspekt holida berib boriluvçi ruknida bu gal iqtisodiy mexanizmlarning qanday işlaşi Hezlitt nuqtayi nazaridan bayon etiladi.

Hezlittning ta'biriça, har bir fuqaro iqtisodiyotni bazaviy darajada bölsa-da tuşunişi şart, aks holda davlat uni qay tomonga boşlayotganini bilmaydi. Iqtisodiy farovonlikka bir hovuç kişilardan taşkil topgan davlat apparatining qarorlari bilan emas, har bir fuqaroning iqtisodiy jarayonlardagi ongli iştiroki bilan erişiladi.

Siniq oyna haqidagi yangliş xulosa

Haqiqiy qiymatga ega narsaning sababsiz yöq qilinişi sof ziyon hisoblanadi. Ammo har doim ham bunday bölmasligi mumkin.

Tasavvur qiling, bolakay novvoyxona derazasini toş bilan urib sindirdi. Oyna sindi, novvoyning jahli çiqdi, çunki u zarar köradi. Ammo hodisaga boşqa nuqtayi nazardan qaralsa, singan oyna oynasozga iş paydo qiladi. U oynani tuzatişdan topgan 100 ming sömga nimadir xarid qiladi, öz navbatida, sotuvçi ham savdodan kelgan 100 ming sömni qayergadir sarflaydi. Qarabsizki, jamiyatda pul harakatining zanjiri hosil böladi. Kelib çiqadiki, singan oyna pulni harakatga keltirdi, bir neça kişining bandligini ta'minladi, bunga esa bezori bolakay sabab böldi.

Töğri, örtada novvoy zarar kördi. Oynani tuzatiş uçun sarflangan 100 ming sömga yangi kiyim olişi mumkin edi. Ham butun oynali, ham kiyimli bölişning örniga unda hozir faqatgina oyna bor. Ustiga-ustak, unga kiyim tikib berişi mumkin bölgan tikuvçi ham buyurtmasiz qoldi. Uning puli oynasozga ketdi.

Masalaning mohiyati şundaki, bir qaraşda bezorilik novvoyga faqatgina zarar keltirgandek, vaholanki, u qança odamga foyda ham keltirdi. Iqtisodiyotda ham xuddi şunday – yomon iqtisodçi faqatgina sahnadagi harakatlarni baholaydi, yaxşisi esa sahna ortidagilarini ham köra oladi.