Mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi hamda Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Aksiyadorlik jamiyatining taşkil topganiga 29 yil tölişi munosabati bilan kuni keça, «Özmilliybank» Toşkent viloyati filiali Yangiyöl filialining ma'muriy binosi ta'mirdan çiqarilib foydalanişga topşirildi. 

«Özmilliybank» Yangiyöl filiali 1998 yil  3 iyulda taşkil topgan bölib, şu kunga qadar Toşkent viloyatining Yangiyöl şahar hududida faoliyat yuritib kelgan. Mazkur filial Toşkent viloyatining 5 ta tumanlariga (Quyi Çirçiq, Çinoz, Zangiota, Toşkent va Yangiyöl) xizmat körsatib kelayotgan bölsa, Zangiota tumanida esa 1 ta minibank aholiga sifatli bank xizmatlarini taqdim etmoqda.

Mazkur filial tomonidan ajratilgan mablağlar hisobidan Çinoz tumanida fermer xöjaligi qoşida har birida ming boşdan ortiq naslli qoramol boquvçi çorvaçilik fermalari, Yangiyöl tumanida yirik siğimli zamonaviy muzlatgiçlar, savdo va maişiy xizmat körsatiş markazlari, umumiy ovqatlaniş maskanlari taşkil topdi. Umumiy ma'noda oxirgi uç yilda tumanda 20 dan oşiq yirik işlab çiqariş loyihalari moliyalaştirildi.

Bank filiali loyihalarni moliyalaştirişda faqatgina Yangiyöl tumani bilan çeklanib qolmay qöşni tumanlar, ya'ni Quyi Çirçiq tumanida işlab çiqariş korxonasi, Zangiota tumanida çorvaçilik xöjaligi, Çinoz tumanida esa savdo va maişiy xizmat körsatiş loyihalarini moliyalaştirilgan.

«Özmilliybank» Toşkent viloyati filiali Yangiyöl filiali tomonidan moliyalaştirilgan loyihalar natijasida tumanda 1500 dan ortiq fuqaro bandligi ta'minlangan.  

Filialda jami 1500 ta mijozlarga xizmat körsatiladi. Şundan 800 ta jismoniy şaxslar va 700 ta yuridik şaxslar. Jismoniy şaxslarning jami depozitlari 70 035,00 mlrd sömni taşkil etadi. Tölov plastik kartoçkalaridan foydalanişda qulayliklar yaratiş maqsadida bank binosida 2 ta bankomat, 1 ta infokioska, 294 ta savdo terminallar dislokatsiya qilingan.

Bundan taşqari, aholiga valuta amaliyotlarida qulayliklar yaratiş maqsadida Yangiyöl şahar hududida 1 ta valuta ayirboşlaş şoxobçasi va 24/7 rejimda xizmat körsatuvçi 3 ta avtomatlaştirilgan valuta ayirboşlaş şoxobçasi hamda Çinoz tumani Yallama bojxona postida 24/7 rejimda xizmat körsatuvçi valuta ayirboşlaş şoxobçasi şahar va tuman fuqarolariga hamda taşrif buyurgan mehmonlarga xizmat körsatmoqda.