Toşkent viloyati Parkent tumani hokimligi tomonidan Mega Karer MÇJdan “Captiva” rusumli avtomobil 260 mln. sömga sotib olingani, sotuvçi va sotib oluvçi mansabdor şaxs yaqin qarindoşlik aloqalariga ega ekani haqida ma'lumot tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, haqiqatdan ham Parkent tumani hokimligi “Captiva” avtomobili xarid qilgan va vositaçi korxona ta'sisçilaridan biri tuman hokimining öğli ekanligini tasdiqlagan.  

Yuqoridagi harakatlarda davlat hokimiyati vakilining öz mansabidan foydalangan holda korrupsiyaga yöl qöyiş alomatlari mavjudligini inobatga olib, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazişni sörab Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasiga sörovnoma yubordi.  

Holat yuzasidan OAV va keng jamoatçilikka batafsil ma'lumot beriladi, deyiladi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi axborot xizmati xabarida.