Dunyodagi o‘n nafar eng badavlat biznesmendan to‘qqiz nafarining jami boyligi dushanba kuni 22,9 mlrd dollarga kamaydi. Bu real vaqt rejimidagi Forbes Real-Time reytingidan ma'lum bo‘ldi. Bunga sabab esa fond bozorlarining tushishidir.
Louis Vuitton egasi va Yevropaning eng badavlat kishisi Bernar Arnoning boyligi hammanikidan ko‘p - 5,5 mlrd dollarga kamaydi.
Microsoft hammuassisi Bill Geytsning boyligi miqdori 1,7 mlrd dollarga ozaydi.
Amazon bosh direktori, dunyoning eng boy insoni Jyeff Bezos 3,8 mlrd dollar yo‘qotdi.
Boyligi kamayganlar ro‘yxatining yuqori o‘nligidan shuningdek, investor Uorren Baffet ($3,4 mlrd), Facebook rahbari Mark Tsukerberg ($2,6 mlrd), Tesla xo‘jayini Ilon Mask ($1,9 mlrd) o‘rin oldi.
Dushanba kuni boyligi ko‘paygan yagona milliarder Oracle direktorlar kengashi raisi Larri Ellison bo‘ldi. Uning kapitaliga 790 mln dollar qo‘shildi.











