Adliya vaziri xabariga ko‘ra, hukumatning bu haqdagi qarori 21 sentyabrda qabul qilingan.
Qaror bilan, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va Majburiy ijro byurosi, «O‘zbekkino» Milliy agentligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kabilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari kamaytirildi.
Milliy olimpiya qo‘mitasiga ikkinchi darajali xarajatlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘ 100 milliard so‘m, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga esa 4,3 milliard so‘mga tushirildi.













