«Uşbu tartibga köra, qurilmaning IMEI-kodini/kodlarini röyxatdan ötkazişda jismoniy şaxslar tomonidan foydalaniladigan abonent raqami mahalliy mobil operatorlaridan ariza beruvçi nomiga rasmiylaştirilgan bölişi kerak», deyiladi rasmiy xabarda.
Uşbu özgartirişning fuqarolar uçun qançalik noqulaylik tuğdirişi, byurokratik xarakterga egaligi haqidagi masalalarni bir çetga surib, tizim operatorining yangi tartibni joriy etişga qançalik haqli ekanligi töğrisida söz yuritamiz.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 sentyabrdagi 778-sonli qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotiş yoki şaxsiy foydalaniş uçun olib kiriladigan va işlab çiqariladigan mobil qurilmalarni röyxatga oliş tartibi töğrisidagi nizomda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini röyxatga oliş tartibi batafsil belgilab qöyilgan.
«Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi Qonunning 16-moddasida normativ-huquqiy hujjatlarning özaro nisbati haqida söz boradi. Unga köra, normativ-huquqiy hujjat öziga nisbatan yuqori yuridik kuçga ega bölgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bölişi şart hamda normativ-huquqiy hujjatlar örtasida tafovut bölgan taqdirda yuqori yuridik kuçga ega bölgan normativ-huquqiy hujjat qöllanadi.
Yuqoridagi Qonunga köra, Vazirlar Mahkamasining qarorlari idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan yuqori yuridik kuçga ega.
Bu hali tizim operatori yoki Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tomonidan IMEI-kodlarni röyxatga oliş tartibiga idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan özgartiriş kiritilgan taqdirda, uning qonunçilikka zid ekanligi haqidagi mulohazalar. Bizga berilgan xabarda mobil qurilmalarni röyxatdan ötkaziş jarayoniga tizim operatori tomonidan özgartiriş kiritilgani aytilgan, xolos. Uşbu holatda tizim operatorining na idoraviy normativ-huquqiy hujjat va na Vazirlar Mahkamasining qarori bilan mobil qurilmalarni röyxatdan ötkaziş tartibiga özboşimçalik bilan özgartiriş kiritilgani ham ehtimoldan xoli emas. Harholda, tizim operatori tomonidan berilgan mavhum xabar bizda şunday şubhalarni paydo qilmoqda.
Qonunçilikka köra, biror-bir ijtimoiy munosabat Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tartibga solinadigan bölsa, mavjud tartibga özgartiriş kiritiş yoki uni bekor qiliş uçun şuni nazarda tutuvçi Vazirlar Mahkamasining boşqa bir qarori yoki yuridik kuçi böyiça undan yuqori turuvçi boşqa birorta normativ-huquqiy hujjat, masalan, prezident qarori yoki qonun qabul qilinişi lozim.









