2020 yilning 11 sentabr kuni soat 19:00da Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz şahar IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tadbir davomida, 63 yoşli A.G.ning yaşaş uyi hovlisi közdan keçirilganida, 2ta taxtadan yasalgan idişda, 2ta temir çelakka va 5ta yelim idişda hamda 1,5 kvadrat metr maydonida ekilgan jami 11 tup kannabis giyohvandlik ösimliklari, şuningdek ularning yonida yelim idişlarda 25 dona balandligi 2 sm.dan 12 sm.gaça bölgan kannabis giyohvandlik ösimligi nihollarini ekib parvarişlab kelayotganligi, şu bilan birga, 11 tup ösimliklardan yulib olinib quritiş uçun qoğoz bölagiga yoyib qöyilgan 5,1 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Şahrisabz şahar IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan A.G.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetiştiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida A.G. jinoyat işida gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.