Alohida soliq va bojxona imtiyozlari bekor bölmoqda

2020 yil 1 oktyabrdan kuçga kiradigan «Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qiliş töğrisida»gi 6011-sonli prezident farmoniga köra, Özbekiston Respublikasi norezidentlari bölgan yuridik şaxslardan sotib olinadigan işlar (xizmatlar) uçun QQS böyiça berilgan imtiyozlar, Özbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali faoliyatini amalga oşirayotgan yuridik şaxslar — norezidentlar tomonidan amalga oşiriladigan işlar (xizmatlar)ga tatbiq etilmaydi.

Şuningdek, töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda taşkil etilgan korxonalarga qaysi soliqlar böyiça imtiyozlar qöllanişi Soliq kodeksi bilan belgilanmoqda.

Kiçik tadbirkorlik sub'yektlariga soliqlarni foizsiz keçiktiriş (bölib-bölib tölaş) huquqi berilgan muddat tugaydi

Öz faoliyatini töxtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan tuşumi joriy yilning birinçi çoragidagi örtaça oylik miqdoriga nisbatan 50 foizdan köproqqa kamaygan mikrofirma, kiçik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq organlarini xabardor qilgan holda soliqlarni foizsiz keçiktiriş (bölib-bölib tölaş) huquqi taqdim etilgan muddat tugamoqda.

Asos: «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun ijtimoiy soliqning oylik eng kam summasini BHMning 50 foiziga qadar kamaytiriş töxtatiladi

Şuningdek:

  • taşqi savdo operatsiyalari böyiça muddati ötgan debitor qarzdorlik uçun xöjalik yurituvçi sub'yektlarga jarimalar qöllaş davom ettiriladi;
  • soliq organlari vaqtinça qiyinçiliklarni boşdan keçirayotgan xöjalik yurituvçi sub'yektlarga mol-mulk soliği, yer soliği va suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq böyiça penyalar hisoblaşni davom ettiradi, şuningdek, soliq qarzini majburiy undiriş çoralarini körişni boşlaydi.

Asos: «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumşatiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident