Yozuvçining yordamçisi Tatyana Tyurinaning aytişiça, Aleksiyeviç Germaniyaga «adabiy işlarga köra» ketgan. Ma'lum bölişiça, yozuvçi Şvetsiyada kitob yarmarkasida qatnaşadi va Italiyada unga mukofot topşiriladi. Yozuvçining yordamçisi uning Germaniyaga ketişi Belarus muxolifatining Muvofiqlaştiriş kengaşi vakillarining qölga olinayotgani bilan boğliq emas.

«Bu uning hayot tarzi, sayohatlar u uçun odatiy hol. Şunçaki uzoq vaqt salomatligi sabab keta olmayotgandi. Uning qaçon qaytişi Belarusdagi voqealar rivojiga boğliq», degan yozuvçining yordamçisi Tatyana Tyurina.

Yozuvçining «adabiy işlar bilan» ketmagani köpçilik manbalar tomonidan ta'kidlangan. Ma'lum bölişiça, 72 yoşli yozuvçi öz xavfsizligini öylab Berlinga yöl olgan. Şuningdek, u ikki oy oldin davolaniş uçun Germaniyaga ketmoqçi bölgani va bu «ketiş»aynan davolaniş bilan boğliq bölişi mumkinligi ham aytilmoqda.

El Pais naşri yozuvçi har yili yuzidagi asab tolalari şamollaşi sabab davolanib turişini ma'lum qilgan. DW naşri Şvetsiyadagi Ersatz naşriyoti asosçisi Ula Vallin bilan boğlanib, Svetlana Aleksiyeviç nega Germaniyaga ketganiga oydinlik kiritgan: «Ha, töğri. U Berlinga stomatalog qabuliga ketgan. Unda ançadan buyon yonoqlari bilan boğliq muammo bor», degan Vallin. Ma'lumot uçun, Ersatz naşriyoti Aleksiyeviçning kitoblarini 1990 yillardan buyon çop etib keladi.

2015 yilda adabiyot yönalişida Nobel mukofotini qölga kiritgan Svetlana Aleksiyeviç Belarusdagi saylovlardan buyon tanqidiy çiqişlar qilib keladi. Aleksiyeviç Belarusda ozodlikda qolayotgan kam sonli muxolifatçilardan biri bölib turibdi. U mamlakatdan çiqib ketmasligi haqida bir neça marta aytgan edi.

«Uruşning yuzi», «Sönggi guvohlar», «Çernobildagi ibodat» kabi asarlari muallifi bölgan Svetlana Aleksiyeviç oxirgi 33 yilda adabiyot yönalişida Nobel mukofotini olgan yagona rus tilida yozuvçi ijodkor hisoblanadi. Ungaça 1987 yilda Iosif Brodskiy Nobel mukofotini olgandi.