Joriy yilning 1 sentabr holatiga, Özbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 2 mln. AQŞ dollariga teng bölgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 841 ming AQŞ dollariga köp.

Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, ötgan sakkiz oy mobaynida eksport qilingan mebel mahsulotlarining eng katta uluşi Qozoğiston (763,9 ming), Qirğiziston (619,3 ming), Tojikiston (294,2 ming) va 146,6 ming AQŞ dollari bilan Rossiya hissasiga töğri kelgan.

2020 yilning 1 sentabr holatiga, eksport qilingan mebel mahsulotlarining hududlar böyiça eng köp uluşi:

Toşkent şahri – 846,4 ming 
Toşkent viloyati – 470,5 ming
Andijon viloyati – 184,3 ming
Namangan viloyati – 138,9 ming
Buxoro viloyati – 131,6 ming AQŞ dollari.

Ma'lumot örnida, bu yil Özbekiston 13ta xorijiy davlatlarga mebel mahsulotlarini eksport qilgan.