Sönggi paytlarda şaharda göyoki massaj xizmatlarini taklif etuvçi, aslida mijozlarga intim xizmatlar körsatuvçi spa salonlar köpayib qolgan. Hukumat maxsus komissiyasi qarori bilan şu turdagi ayrim xizmatlarning faoliyati ayni vaqtda çeklangan. Şunga qaramay, Telegram kanallar orqali aloqa raqamini tarqatib, tungi soatlarda şaxsiy xonadonlarga massajga çorlagan qizlar foş böldi.

Tezkor tadbir davomida qizlarning tegişli hujjatlari bölmay işlayotgani, qolaversa, karantin qoidalarini buzayotgani aniqlandi.

Uçtepa tumanida joylaşgan maskanda esa bir guruh yoşlar niqobsiz karantin qoidalarini mensimasdan ovqatlanib, çilim çekib ötirgan edi. Özini umumiy ovqatlaniş şoxobçasi sifatida talqin qilib, aslida diskoteka sifatida iş olib borayotgan maskan iş boşqaruvçisi esa zalda ötirgan qizlarni ofitsiant ekanini iddao qildi. Ularning ofitsiant libosida emasligini esa ular maxsus kiyim olişga ulgurmagani bilan izohladi. Iş boşqaruvçi qizlarning ofitsiantlarga xos bölmagan holatda yoyilib, turmaklangan soçlari haqidagi savolga javob berolmadi. Aniqlangan holatlar böyiça tegişli çoralar körilişi belgilandi.

Reyd tadbirining keyingi manzili – poytaxtdagi Oybek metrosiga yaqin joylaşgan köp qavatli turar joyda taşkil qilingan spa salon böldi. Kameradan yuzini yaşirişga harakat qilgan qizlardan biri salonga reyd iştirokçilari kirib kelişi bilan kiyinişga tuşdi. Uning aytişiça, bu yerga karantindan oldin taşlab ketgan kiyimlarini olişga kelgan va yöl-yölakay yuvinib olişni maqsad qilgan. Lekin kiyimlarini qanday joyga taşlab ketgani va bu yerning spa salon ekanidan bexabarman, degan iddaolari heç ham işonarli bölmadi.

Qizlardan boşqa biri esa bu yerda nima iş bilan şuğullanmoqdasiz, degan savolga: «Massaj qilaman, kuniga 2-3 nafar mijoz keladi, har bir mijozga xizmat körsatiş 200 ming sömdan», degan javobni berdi. Ular massajning qanday turini körsatişi va mijozlar qizlarning raqamini qanday topişi haqida berilgan savolga javob bera olmadi.

Tungi soat 2ga yaqin boşqa bir spa salon mijoz çaqirayotgani aniqlandi. U yerdagi qizlar endigina işga kelganini rökaç qilişgan bölsa, ulardan biri yaqinda minimal iş haqqining 15 baravarida jarimaga tortilganini, uni tölaşga mablaği yöqligini, qolaversa, boşqa heç narsa qölidan kelmasligi-yu, mahalla va hokimiyatdagilarga iş masalasida murojaat qilsa, ular ham buning evaziga pul talab qilişlarini iddao qildi.