Rossiya poytaxti Moskvada 5 oktyabrdan boşlab masofadan turib işlaşga ötiş majburiy böladi. Bu haqda şahar meri Sergey Sobyaninning blogida xabar qilindi.
Sobyaninning tegişli farmoniga binoan, iş beruvçilar kamida 30 foiz xodimlarni masofadan turib işlaşga ötkazişlari şart.
Şuningdek, 65 yoşdan oşgan va surunkali kasalliklarga çalinganlarning hammasini masofadan işlaşga ötkaziş zarur. «Iş joyida mavjudligi taşkilot faoliyati uçun juda muhim bölganlar»ga istisno qilinişi mumkin.
Masofadan turib işlaşga ötiş talabi mudofaa korxonalari, «Rosatom», «Roskosmos» korxonalari va uşbu korxonalar faoliyatini qöllab-quvvatlovçi «elektron texnik sanoat» kompaniyalariga taalluqli emas.












