“Xofburg” saroyida bölib ötgan marosimda mezbon mamlakat tomonidan Avstriya prezidentining taşqi siyosat va harbiy masalalar böyiça maslahatçilari, taşqi işlar vazirligi boş kotibi va boşqa rasmiylar iştirok etdi.
Suhbat davomida Aleksandr Van der Bellen avstriyaliklar Özbekistonda Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oşirilayotgan yuqori sur'atdagi özgarişlar va keng kölamli islohotlardan yaxşi xabardor ekanligini alohida ta'kidlab ötgan.
Muloqotda Özbekiston-Avstriya munosabatlaridagi ijobiy ösiş yuqori baholandi hamda savdo, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaş zarurligiga alohida e'tibor qaratildi.
Özbekistonning Avstriyadagi yangi elçisi Abat Fayzullayev 2020 yilning 19 avgustida işonç yorliqlari nusxalarini Avstriya taşqi işlar vazirligiga topşirgan edi. Diplomatik protokolga köra, u Avstriya prezidentiga işonç yorliqlari asl nusxalarini topşirgan paytdan boşlab Özbekiston elçisi sifatida öz vazifasiga töliq kirişgan, deb hisoblanadi.









