Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sentyabrda iste'mol narxlari va tariflari darajasi 1,4 foizga ko‘tarildi - Statqo‘m
2020 yilning sentyabrida o‘rtacha iste'mol narxlari va tariflari darajasi oy davomida 1,4 foizga ko‘tarildi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-sentabr oylari davomida iste'mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 6,3 foizga oshdi.
Yillik davrda (2019 yilning sentyabriga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur'ati 11,7 foizni tashkil etdi.
2019 yilning sentyabrida tovarlar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 1,3 foizga ko‘tarilgan. 2019 yilning yanvar-sentabr oylarida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 9,7 foizga qimmatlashgan. 2018 yilning sentyabriga nisbatan 2019 yilning sentabr oyida tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 16,0 foizga oshgan.
O‘rtacha oylik iste'mol narxlari indeksi o‘sishi hisoblash natijalariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-sentabr oylari davomida 0,7 foizni, 2019 yilning shu davrida esa 1,0 foizni tashkil etgan.
Joriy yilning sentabr oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rtacha 2,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlar 1,0 foizga va xizmatlar 0,5 foizga qimmatlashdi.
Ma'lumot uchun, 2019 yilning sentabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 1,4 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlar 0,9 foizga va xizmatlar 2,0 foizga qimmatlashgan.
Umumiy hisobda, 2020 yilning yanvar-sentabr oylari davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari darajasi 7,5 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlar 6,0 foizga, xizmatlar 4,5 foizga oshdi.
Mavzuga oid
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
18:45 / 30.03.2026
Prezident 2026 yilda inflatsiyani 6,5 foiz darajasida saqlab qolish vazifasini belgiladi
09:23 / 26.03.2026