Milliy statistika qömitasi sönggi ön yilda Özbekistonda örtaça oylik pensiya miqdori qanday özgargani haqida maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinişiça, 2025-yilda örtaça pensiya 1,6 mln söm bölgan, bu – 2016-yilga nisbatan nominal 3,3 barobarga yuqori.

Kun.uz Markaziy bank saytidagi inflyatsiya kalkulyatoridan foydalanib, örtaça pensiyaning real ösişini hisobladi. Unga köra, 2016-yil dekabr holatidagi (yilning örtasi olindi) 494 ming söm (öşa yildagi örtaça pensiya) isteʼmol savati qiymati böyiça 2025-yil dekabrda 1 mln 360 ming sömni taşkil etadi. 2025-yilgi örtaça oylik pensiya (1 mln 649 ming söm) bu miqdordan 21 foizga yuqori.

Özbekistonda örtaça oylik pensiya:

  • 2016-yil - 494,2 ming söm
  • 2017-yil - 556,8 ming söm
  • 2018-yil - 640,5 ming söm
  • 2019-yil - 733,2 ming söm
  • 2020-yil - 848,5 ming söm
  • 2021-yil - 963,6 ming söm
  • 2022-yil - 1 080,8 ming söm
  • 2023-yil - 1 234,5 ming söm
  • 2024-yil - 1 495,6 ming söm
  • 2025-yil - 1 649,2 ming söm