Qömita maxsus komissiyasi şu yil 19 avgust kuni «Özavtomotors» AJ faoliyatiga oid qaror qabul qilgandi. Ayni paytda uning ijrosi majburiy bölib, ikkinçi tomon qarordan norozi bölgan taqdirda, sudga şikoyat kiritiş huquqiga ega. «Özavtomotors» esa uşbu huquqdan foydalanib, sudga şikoyat arizasini kiritgan. 

«Özavtomotors» qonun buzganmi?

Uşbu kompaniya hukumatning tegişli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xöjalik yurituvçi sub'yektlarning davlat reyestriga kiritilgan.

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining pozitsiyasiga köra, qonunan monopol bölgan «Özavtomotors» narxlarni şakllantiriş jarayonida qonun va tegişli qonun bandlariga amal qilişi lozim, kompaniya öz-özidan narxni belgilaşi noqonuniy hisoblanadi. Monopol taşkilot xöjalik sub'yektlari tomonidan narxni belgilaş tartibi buzilganda, vakolatli davlat organi buni tekşirişga haqli. Maxsus komissiya qarori esa ana şunday tekşiruvlardan biridan söng qabul qilingan.

2 oktabr kuni boşlangan uşbu ma'muriy iş sudya Ğ.Davlatov raisligida, Toşkent şahar prokurori katta yordamçisi Babayan hamda tomonlarning iştirokida körilmoqda.

Oçiqni sudni «yopmoqçi» bölgan da'vogarning iltimosnomasi

Dastlab, sud majlisida taraflarning şaxsi aniqlanib, ularning huquq va majburiyatlari tuşuntirildi. Şuningdek, arizaçi - «Özavtomotors» vakili tomonidan sudga sud majlisini yopiq tarzda ötkaziş töğrisidagi iltimosnoma kiritdi.

«Ma'muriy işlarni yuritiş töğrisidagi kodeksning 13-moddasiga («sud muhokamasining oşkoraligi») binoan, mazkur işni yopiq sud tartibida körib çiqişingizni söraymiz», dedi arizaçi.

«Özavtomotors» pozitsiyasiga köra, maxsus komissiya qarori asossiz çiqarilganini isbotlab beriş uçun turli darajadagi maxfiy hujjatlardan ma'lumot keltiriş kerak, şuningdek, xizmat doirasida foydalaniş uçun çiqarilgan hujjatlar muhokama etilişi şart. Bundan taşqari, masala markazida avtomobil narxi va kompaniyaning tijoriy işlari turar ekan, bularning barçasi tijorat siri hisoblanadi. Şu kabi vajlar bilan sudda jamoatçilik iştirok etişi, unda audio-video fiksatsiya işlatilişini taqiqlaş söraldi.