Viloyat hokimi Namangan şahridagi «Istiqbol» mahallasida bölib, marhum Gulandom Dadaboyevaning yaqinlariga ta'ziya bildirdi. Uning 15 va 12 yaşar öğillari munosib şaroitlarda voyaga yetişida har tomonlama kömak berilişini ta'kidladi.

«Mazkur holat böyiça hozirda prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ularning natijasi böyiça vaziyatga huquqiy baho beriladi va bu haqda albatta jamoatçilikka ma'lum qilinadi», degan viloyat hokimi.

Eslatib ötamiz, 2020 yil 29 sentabr kuni Namangan şahrida istiqomat qilgan 35 yoşli Gulandom Dadaboyeva ijro harakatlari davomida özining ustiga benzin quyib, yoqib yuborgandi.

U 30 sentabr kuni tanasining 80 foizdan ortiq kuyiş tan jarohati oqibatida RŞTYoIM Namangan filialida vafot etgan.

Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi vasiylik kengaşi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva Namanganda sodir bölgan voqeaga yuzasidan fikr bildirib, qonunçilikda firibgarlik uçun jazo yetarli emasligi ham bunday voqealarga sabab bölayotganini qayd etib, deputatlardan bu masalani körib çiqiş söragan.

«Bunday dahşatli holatga qöl urgan bu ayolning çorasizligini töliq tuşunib turibman. Va qonunçiligimizni bu borada nomukammal deb hisoblayman. Firibgarlar qöliga tuşib turar joylaridan ayrilib va tom ma'noda köçada qolgan holatlar faqat bu ayoldagina uçramaydi. Firibgarlar qamoqqa olinişlari mumkin, lekin moddiy zararni barmoq bilan sanaydiganlari qoplaydi, xolos. Bu holda, mening nuqtayi nazarimdan, firibgarlar davlatga qarzdor bölib, qonun oldida javob berişlari kerak. Davlat esa öz örnida şunday firibgarlar girdobiga tuşib qolgan insonlarga şu kabi muammolardan çiqişiga yordam berişlari lozim», degan u.

Voqea yuzasidan Namangan şahar prokuraturasi jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi (Özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş) bilan jinoiy iş qözğatgan.