Jamiyat | 16:30 / 07.10.2020
4520
4 daqiqa o‘qiladi

Beeline Business korporativ mijozlar uchun o‘z xizmatlarini doimiy ravishda rivojlantirib kelmoqda

Beeline Business’ni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi – korporativ mijozlar uchun taqdim etilayotgan xizmatlarni doimiy ravishda modernizatsiya qilishdir. Shuning uchun kompaniya doimiy ravishda biznes uchun eng yaxshi takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish ustida ish olib boradi. Beeline Business'ning manfaatli takliflari bilan mijozlar doimo aloqada bo‘lgan holda, o‘z bizneslarining potensialini yaxshiroq va samaraliroq amalga oshirishlari mumkin.

Beeline Business hamyonbop narxlarda Business Online yangi korporativ Internet-paketlar to‘plamini ishga tushirganligi, shuningdek, Business Plus tarif rejalarining qatori kengaytirilganligi haqida e'lon qildi.

Korporativ shartnomaning turli xil foydalanuvchilari uchun Internet-trafikning qulay va zarur konfiguratsiyasini ulab, yangi Internet-to‘plamlarni individual xususiyatlarga osongina moslashtirish mumkin. Business Medium Plus va Business Pro Plus ikki yangi tarif rejasi esa – biznes uchun maxsus yaratilgan bo‘lib, internet-trafikning katta hajmi, barcha tarmoqlarga qo‘ng‘iroqlar, shuningdek tarif doirasiga kiritilgan O‘zbekiston ichidagi SMS to‘plamlaridir.

Voqeani sharhlar ekan, Beeline Uzbekistanening biznes segmentini rivojlantirish bo‘yicha katta menejyeri Estella Dymchenko quyidagilarni ta'kidladi: «Korporativ takliflarni doimiy ravishda yangilab borish va takomillashtirish bizning rivojlanish strategiyamizning muhim qismidir. Qulay va manfaatli sharoitlarni yaratib, biz tadbirkorlarga o‘z bizneslarini muvaffaqiyatli rivojlantirishlarida ishonchli va sifatli aloqaga bo‘lgan asosiy ehtiyojlarini qondiramiz. Bundan tashqari, bugungi kunda biznes ko‘pincha «masofadan turib», ofisdan tashqarida amalga oshirilganda, onlayn bo‘lish har qachongidan ham muhimroqdir. Va bu belgilangan vazifalarni hal qilishda individual yondashishni talab qiladi. Shuning uchun biz biznes uchun yangi Internet-to‘plamlarning moslashuvchan qatorini ishlab chiqdik, bu mijozlarimiz ehtiyojlariga imkon qadar yaqin».

Internet-to‘plamlarning yangi qatori Business Plus va Business M2M tarif rejasi qatorlarida, shuningdek «Shifokor», «Ustoz», «Terminal», «Tuner», «Electronics» tarif rejalarida prepaid va postpaid to‘lov tizimlarining korporativ mijozlari uchun taqdim etiladi.

Yangi Internet-to‘plamlar haqida batafsil ma'lumot kompaniyaning veb-saytida joylashgan: beeline.uz/b2b/ru/evens/news/news-business-online.html

Yangilangan tariflar haqida ma'lumotni bu yerda topishingiz mumkin: beeline.uz/b2b/ru/evens/news/medium-plus-and-pro-plus.html


Unitel MChJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON – bu 10 ta mamlakatda 210 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatga olingan.

Beeline Uzbekistan'da 1, 7 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi.

Beeline savdo belgisi O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1, 8 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.

Sayt: beeline.uz 

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/uzbeelineuzb

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid