Fan-texnika | 17:14 / 03.06.2016
13319
2 daqiqa o‘qiladi

Beeline Business yangi “Korporativ+” xizmatini joriy qildi

Beeline Business yangi “Korporativ+” xizmati joriy etilgani haqida xabar beradi. Mazkur xizmat yordamida “Konstruktor” tarif rejasiga ulangan mijozlar yopiq guruhni yaratishlari va unga o‘z do‘st va yaqinlari (5 abonent) kiritishlari va ushbu yopiq guruh ichida imtiyozli tarifikatsiya bo‘yicha muloqot qilishlari mumkin.

Abonentning do‘st va yaqinlari quyidagilarni qo‘lga kiritadilar:

– Qulay shartlar – “Mening davram” va “Bir Oy” avvaldan to‘lov tizimidagi tarif rejalariga ulanish, shuningdek mazkur yopiq guruh ichida 3 000 bepul daqiqa;

– “Bir Oy” tarif rejasi uchun $50 nominaldagi “oltin raqam ijaraga” $1 bir oy evaziga.

Mazkur xizmatni yoqtirish uchun batafsil ma'lumotni kompaniya ofislarining korpotariv bo‘limlaridan olish mumkin. Aktsiya 2016 yilning avgust oyi so‘ngiga qadar davom etadi.

Mavzuga oid