Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning maʼlum qilişiça, Şavkat Mirziyoyev turar joy quriş bilan şaharga xizmat qiladigan mehmonxona yoki savdo markazini barpo etişning iqtisodiy yuki bir xil emasligini taʼkidlagan.

Şunga köra, infratuzilma tölovining bazaviy stavkasi:

  • savdo, servis va biznes markazlari uçun - 3 barobar;

  • mehmonxona va turizm obyektlari uçun - 5 barobar;

  • madaniy va köngiloçar maskanlar uçun - 10 barobar kamaytiriladi.

Xususiy boğça, maktab va şifoxonalar uçun esa tölov 1 foiz etib belgilanadi.

Dunyoning yetakçi arxitektorlari işlab çiqqan öziga xos loyihalarga tezkor tartib qöllanadi. Loyihalaş, quriliş va obyektni foydalanişga qabul qiliş jarayonlari jadallaştirilib, bir xil maʼlumotni qayta-qayta talab qiliş amaliyotiga çek qöyiladi.

Muloqotda Yangi Toşkent haqiqiy «yaşil şahar» bölişi şartligi ham taʼkidlangan. Qurilayotgan obyektlarga «yaşil bino» standartlari qöllanadi, biroq sertifikat oliş tadbirkor uçun qöşimça xarajat ekani inobatga olingan.

Şu bois qiymati 50 million dollardan yuqori bölgan noturar joy loyihalari uçun «yaşil» sertifikat oliş xarajatlari davlat tomonidan töliq qoplanadi.

Şuningdek, investor sotib olgan har bir yer maydonining 30 foizini yaşil hududga aylantiriş talabi Yangi Toşkentdagi loyihalarga qöllanmaydi. Şahar hududining 30 foizini kökalamzorlaştiriş boş reja asosida davlat tomonidan taʼminlanadi.

Yirik investorlar bilan işlaşda ham yangi yondaşuv joriy etiladi. Qiymati 50 million dollardan yuqori har bir loyihaga alohida masʼul biriktiriladi. U obyekt işga tuşguniga qadar investorga hamrohlik qilib, yuzaga keladigan masalalarni hal etişga kömaklaşadi.

Bundan taşqari, «50 million dollardan yuqori har bir loyihaga - bitta investitsiya bitimi» tamoyili amal qiladi. Bitimda investorning majburiyatlari va tavakkalçiligi hisobga olinib, unga mos imtiyozlar paketi belgilanadi.