Yerning aksariyat hududlarida Quyoşning şarqdan çiqib, ğarbga botişi kundalik hayotning taniş qismi. Biroq boşqa sayyoralarda kun va tun almaşinuvi özgaça keçadi. Bunga ularning öz öqi atrofida aylaniş tezligi, yönalişi va öqining oğmaligi sabab böladi.
Uran: Quyoş çiqqaç, 42 yil botmasligi mumkin
Uranning aylaniş öqi qariyb 98 daraja oğgan. Şuning uçun u boşqa köplab sayyoralarga nisbatan göyo yonboşlab harakatlanadi.
Uran Quyoş atrofini taxminan 84 Yer yilida bir marta aylanib çiqadi. Natijada uning qutblarida qariyb 42 yillik uzluksiz kunduzni şunça davom etadigan tun almaştiradi.
Bu Quyoşning ufqdan kötariliş jarayoni 42 yil davom etadi, degani emas. Gap Quyoş çiqqandan keyin önlab yillar davomida botmasligi haqida ketmoqda.
Uranning bunday ğayrioddiy oğmaligi sababi hali bahsli. Ehtimoliy izohlardan biri - Quyoş tizimining qadimgi davrida yirik osmon jismi bilan töqnaşuv yuz bergani.
Ekvator yaqinida esa vaziyat boşqaça. Uran öz öqi atrofida taxminan 17 soatda aylanadi, şu bois bu hududlarda kun va tun ança tez almaşinadi. Biroq Quyoşning ufqdan balandligi va osmondagi yöli uzoq davom etadigan fasllar bilan birga özgarib boradi.
Merkuriy: bir tongda Quyoş ikki marta çiqadi

Merkuriy Quyoş atrofini ikki marta aylanib çiqqunça, öz öqi atrofida uç marta aylanadi. Bu munosabat 3:2 orbital-aylaniş rezonansi deb ataladi.
Planetada bir quyoş sutkasi - Quyoşning osmondagi bir xil holatga qaytişi uçun ketadigan vaqt - taxminan 176 Yer kuniga teng. Merkuriyning bir yili esa 88 Yer kuni davom etadi. Yaʼni bu yerda quyoş sutkasi ikki mahalliy yilga teng.
Yanada qiziq holat sayyora Quyoşga eng yaqin nuqtadan ötayotganida kuzatiladi. Şu paytda uning orbitadagi burçak tezligi vaqtinça öz öqi atrofidagi aylaniş tezligidan oşib ketadi. Natijada Quyoşning osmondagi körinma harakati qisqa muddatga teskari yönaladi.
Sayyoraning ayrim joylaridan kuzatilganda, Quyoş ufqdan kötarilib, yana pastga tuşadi va botadi. Keyin qayta çiqib, odatdagi yönalişdagi sekin harakatini davom ettiradi. Botiş paytida ham şunga öxşaş manzara yuz berişi mumkin.













