Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning maʼlum qilişiça, davlat rahbari Yangi Toşkentda işbilarmonlik hayotini şakllantirişda davlat idoralarining köçişi muhim örin tutişini taʼkidlagan.
Hozir Quriliş, Transport va Energetika vazirliklari yangi şaharda yengil konstruksiyali binolarda işlamoqda. Vazirlik va idoralarning 2,6 ming nafar xodimi uçun yana töqqizta bino qurilyapti.
Qolgan vazirlik va davlat taşkilotlarining köçişini boşlaş vazifasi boş vazirga yuklatilgan.
Yil oxirigaça Yangi Toşkentda 20 ming xonadonni foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan. Bu kamida 70 ming kişi uçun yangi yaşaş muhitini yaratadi.
Prezident aholiga uylar bilan bir vaqtda dam oliş, sport, savdo, taʼlim va tibbiyot xizmatlari ham zarur bölişini qayd etgan.
Şaharda FIFA talablariga javob beradigan 55 ming örinli stadion qurilmoqda. U kelasi yil 20 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi jahon çempionatining asosiy arenalaridan biri bölişi közda tutilgan.
Taşrif buyuruvçilar uçun mehmonxona, kafe, restoran va köngiloçar maskanlarga ehtiyojni aniq hisoblab, tadbirkorlarga oçiq taqdim etiş vazifasi qöyilgan.
Muloqotda investorlar takliflarini körib çiqiş tartibi ham muhokama qilingan. Prezident Yangi Toşkentning master rejasi sarmoyadorlar taşabbusiga tösiq bölmasligi kerakligini taʼkidlagan.
Agar öziga xos loyiha şahar manfaatiga xizmat qilsa, lot maydoni yoki obyekt turini özgartiriş taklifi qöllab-quvvatlanişi lozimligi aytilgan. Bunga huquqiy imkoniyat bölsa-da, amalda tartib murakkab va yetarliça şaffof emasligi, ayrim qarorlar oylab çözilayotgani qayd etilgan.
Investor takliflarini tez va aniq mezonlar asosida körib çiqiş talab qilingan.
«Sankt-Peterburg» mavzesiga tadbirkorlar qiziqişi uning konsepsiyasi, loyiha hujjatlari va quriliş ruxsati oldindan tayyorligi bilan boğlangan. Direksiyaga şunday tayyor loyihalar sonini köpaytiriş zarurligi körsatib ötilgan.
Şuningdek, yangi şaharning «taşrif qoğozi»ga aylanadigan yirik tijorat obyektlarini köpaytiriş masalasi kötarilgan. Hozirgaça sotilgan 54 ta lotdan atigi uçtasidagi loyiha qiymati 100 million dollardan oşadi.
Şu maqsadda oçiq taşabbus va Swiss Challenge tamoyili asosida yer ajratiş amaliyoti yölga qöyiladi. Bunda taşabbus oçiq eʼlon qilinadi. Agar boşqa talabgorlar yaxşiroq şart taklif etmasa, yer birinçi taşabbuskorga beriladi.












