Geologiya sohasidagi korxonalarning kuzatuv kengaşi tarkibiga xorijlik mutaxassislar mustaqil a'zo sifatida jalb etildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar bermoqda.
Ular:
“Toşkentgeologiya” AJga Georgiy Kim – Mineralogiya, geokimyo va noyob elementlarning kristal kimyosi instituti boş direktorining birinçi örinbosari (Rossiya);
“Qizilqumgeologiya” AJga Noil Yildirim – Geologiya sohasi böyiça xorijiy mutaxassis (Turkiya);
“Samarqandgeologiya” AJga Kim San Yup Mineral resurslar instituti direktori maslahatçisi (Janubiy Koreya);
“Gissargeologiya” AJga Qodir Develi – Kon işi va geologiya böyiça menedjyer (Turkiya);
“Surxongeologiya” AJga Kim In Jun – Janubiy Koreyaning Geologiya fanlari va mineral resurslar instituti (KIGAM) boş tadqiqotçisi;
“Urankamyobmetgeologiya” AJga Vladimir Degtyarenko “Uransvetmet” AJ Direktorlar kengaşi raisi (Rossiya).
Davlat geologiya qömitasi tarkibiga kiruvçi 6ta davlat korxonalari yuqorida nomlari qayd etilgan aksiyadorlik jamiyati şaklida qayta taşkil etilgan.
Mazkur aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boşqaruv uslublarini joriy etiş maqsadida, kuzatuv kengaşlari taşkil etilib, ular tarkibiga xorijiy ekspertlarni jalb etiş nazarda tutilgan.
Şunga köra, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan Davlat geologiya qömitasi bilan hamkorlikda uşbu jamiyatlar kuzatuv kengaşi tarkibiga nomzodlar şakllantirilib, jamiyat ta'sisçilari bölgan Davlat aktivlarini boşqariş agentligi va uning tegişli hududiy boşqarmalarining 2020 yil 5 oktyabrdagi qarorlari bilan kuzatuv kengaşi tarkibi tasdiqlangan.












