Xitoy yetkazib beruvçilari işonçliligini tekşirişning 15 usuli
|20:18 / 07.10.202015 69212 min
Xitoylik yetkazib beruvçilar bilan iş boşlaşda köp tadbirkorlar “U haqiqatdan ham öşa ta'minlovçi – yetkazib beruvçimi?”, “U bilan iş boşlaş qay darajada xavfsiz?”, “Unga oldindan tölov ötkaziş mumkinmi?” degan savollarga duç keladilar.
Foto: ShutterstockFoto: Shutterstock
Axir ming kilometr masofada turib va faqat internet orqali muloqotda bölib, firibgar qöliga tuşib qolmasligingizga kafolat bera olmaysiz. Tabiiyki, xitoylik ta'minlovçilar, yetkazib beruvçilar şubhadan xoliligini tekşirişning eng işonçli usuli fabrikaga taşrif buyuriş va uni audit tekşiruvidan ötkazişdir. Ammo bu juda qimmatga tuşadigan iş, ayniqsa, har bir yetkazib beruvçini töliq audit tekşiruvidan ötkaziş mantiqqa töğri kelmaydi!
Şu yerda savol tuğiladi: “Qanday qilib Xitoy kompaniyalari qonuniyligini samarali va xarajatlarsiz tekşiriş mumkin? Qanday qilib şubhali tuyulgan yetkazib beruvçilarni ajratib oliş hamda buning uçun kuç, vaqt va mablağ sarflamaslik mumkin?»
Potensial yetkazib beruvçini baholaşda eng birinçi qadam uning qonuniyligini tekşiriş hisoblanadi. Şundan sönggina fabrikaning imkoniyatlarini (işlab çiqariş imkoniyatlari, iş tajribasi darajasi, standartlarga amal qiliş va sertifikatlarning mavjudligi, işlab çiqarişni taşkil qiliş darajasi) baholaşingiz, şuningdek savollarga javob oliş va hamkorlik qiliş istagingizni bildirişingiz mumkin.
1. Rasman quyidagilarni sörang:
korxonaning xöjalik faoliyatini yuritiş huquqi töğrisidagi guvohnoma. Unda korxonaning asosiy identifikatsion belgisi hisoblangan taşkilotga berilgan, bir xil şaklga keltirilgan kreditga layoqatlilik kodi körsatilgan böladi;
Kompaniyaning taşqi savdo faoliyatini amalga oşiriş huquqiga ega ekanligini tasdiqlovçi hujjatlar:
Taşqi savdo faoliyati iştirokçisi sifatida röyxatdan ötiş şakli – tegişli ma'muriy-hududiy birlikning tijorat bölimi muhri bilan röyxatdan ötiş şakli;
yuk jönatuvçi sifatida bojxona röyxatidan ötkaziş yoki bojxona deklaranti;
tovarlarni eksport va import qilişda tekşiriş uçun sifat nazorati organlarida röyxatdan ötkaziş.
eksport litsenziyasi;
rahbar yoki menejyerning şaxsini tasdiqlovçi guvohnoma nusxasi va imzo qöyiş uçun işonçnoma, agar zarurat tuğilsa;
ISO, CE, TUV GS, RoHs, UL, Ansisifat sertifikatlari va hokazo.
Oxirgi yil davomida şunga öxşaş tovarlarni sotib olgan boşqa xorijiy mijozlarning tavsiyalari. Aniq mijozlar bilan qaytadan aloqaga çiqiş yetkazib beruvçida kerakli vakolatlar mavjudligini tasdiqlaşga va ehtimoliy muammolarni aniqlaşga yordam beradi.
Mavzuga oid
Bu hujjatlarni xitoyliklar sizga birinçi talabnoma bilan heç qanday muammolarsiz jönatişlari kerak. Unda röyxatga oliş daftarida korxonaning röyxatga oliş raqami mavjud bölib, bu orqali mahalliy sanoat va savdo boşqarmasiga sörovnoma yuboriş mumkin böladi (Administration for Industry and Commerce yoki aniq viloyat, ma'muriy bölinma böyiça boşqarma). Faqat birdan-bir yagona jihati, sörovnoma xitoy tilida yozilişi kerak.
Agar fabrika asosan Xitoy içki bozori uçun möljallangan bölsa, u holda uning eksport litsenziyasi bölmasligi mumkin. Bunday holda u import-eksport kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi va tegişli hujjatlarni uşbu kompaniya orqali jönatadi.
2. Kompaniyalarning maqomini Alibaba va Global Sources kabi biznes-saytlardan qarab çiqing. Ular saytlarda röyxatdan ötgan kompaniyalarning qonuniyligiga köproq e'tibor qaratişmoqda. «GoldSupplier» yoki «VerifiedSupplier» maqomi va undagi iş staji köp narsani anglatadi. Şuningdek, yetkazib beruvçini audit tekşiruvidan ötkaziş uçun işoralar ham körsatilişi mumkin. Yetkazib beruvçi Escrow tizimidan foydalanadimi yoki yöq, e'tibor bering (uşbu tölov tizimi xaridor tomonidan tovar olinganligi tasdiqlanganidan söng yetkazib beruvçiga pulni tölaydi).
3. Kompaniya nomi va uning elektron poçtasini qidiruv tizimlari orqali tekşiring, kompaniya qaçon röyxatdan ötgan, biznes-saytlarda qança vaqtdan beri mavjudligini körib çiqing. Qonuniy yetkazib beruvçi deyarli hamma joyda qatnaşişga harakat qiladi, özi haqidagi ma'lumotlarni maksimal darajada kengroq tarqatadi, firibgar esa hamma tösiqlardan öta olmaydi. Çunki har bir biznes-sayt kompaniyalarni röyxatdan ötkazayotganda tekşirişga harakat qiladi. U yerda töldiriş majburiy bölgan ma'lumotlar mavjud, ularni töldirmasdan röyxatdan ötiş mumkin emas.
4. Uşbu kompaniyaga berilgan baholarni internetdan qidirib köring. Agar fabrikaning Aliexpress saytida sahifasi mavjud bölsa, uşbu fabrika tovarlarining “jonli” xaridorlari izohlarini topiş mumkin. Batafsil ma'lumot oliş uçun, şuningdek kompaniyani Xitoy qidiruv xizmatlari orqali, masalan http://www.made-in-china.com saytining kompaniya suratlari, videoyozuvlari va hisobotlari töplangan “Audit” bölimidan tekşiriş kerak.
5. Kompaniya nomini köplab xorijiy saytlarda e'lon qilingan skammerlar (firibgarlar) röyxatidan topiş mumkin. Lekin bu röyxatlar çeklaşlar tufayli yetarli darajada samarali emas, deb hisoblayman. Qidiruv tizimida «scam» sözi yoniga kompaniya nomini yoziş oson va samaraliroq (eng yaxşisi bir neça variantda).
6. Korxonaning rasmiy internet sahifasiga kiring, u albatta bölişi kerak. Whois-servis xizmatlaridan biri yordamida, masalan, http://whois.domaintools.com orqali bu sayt qaçon yaratilgan va u kimga tegişli ekanligini körib çiqing. Agar u bir yoki ikki yil oldin yaratilgan bölsa, şubhaga olib keladi, lekin röyxatdan ötkazilganiga bir neça oy bölgan bölsa – bu 100 foiz firibgarlik.
7. Şuningdek, sayt neça tilda ekanligi ham juda muhim. Agar sayt faqat ingliz tilida bölsa, bu huşyor bölişga undaydi. Saytning xitoy tilidagi varianti bölişi şart! Şuningdek, boşqa, Yevropa va şarq tillari ham bölişi mumkin. Bu köpinça, kompaniya işlaydigan asosiy bozorlar bilan boğliq.
8. Aloqa örnatiş uçun körsatilgan kontaktlarga alohida e'tibor qarating.
Qonuniy bölgan Xitoy kompaniyalarida albatta şahar telefoni va faks bölişi kerak, çunki telefon raqamlari faqat röyxatdan ötgan taşkilotlarga beriladi (hatto xitoyliklarning özlari ham firmalarni şu yöl bilan tekşiradilar). Aksinça, odatdagi skammer – firibgarlik aloqalari namunasi – bu bepul xostingdagi elektron poçta (masalan, «@126.com», «@168.com»), messenjer va telefon. Ya'ni barça aloqa vositalari yaşirin, noma'lum, aslini olganda ularni bir neça daqiqada röyxatdan ötkaziş mumkin. Yoki ular haqiqatga mos kelmaydi. Körsatilgan telefon raqamlari böyiça qönğiroq qilib köring, şuningdek uning körsatilgan manzilga mos kelişini tekşiring. Bundan taşqari, bankdan muayyan kompaniyaning bankda hisob raqami mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma'lumot söraş mumkin.
9. Mahsulot namunalarini söraş. Odatda, skammerlar – firibgarlar namunalarni jönatişga qiziqmaydi. Namunalarni jönatişning keçikişi bunday korxona yöqligi yoki uning vositaçi ekanligidan dalolat beradi.
10. Tölov şartlariga e'tibor qarating. Firibgarlar uçun odatiy şartlar – bu ular Western Union tizimi orqali ötkazilişini söraydigan töliq yoki qisman oldindan tölovni amalga oşirişdir. Jiddiy kompaniyalarga mablağlarni rasmiy bank hisobiga ötkaziş yoki akkreditiv orqali tölaş kabi tölov şartlari xosdir (L/C). Bankdagi rasmiy hisob rekvizitlarini talab qiling. U xususiy şaxsga emas, yuridik şaxsga tegişli bölişi kerak.
Namunalarni sotib oliş xarajatlarini tölaşda PayPal tizimidan foydalanişga yöl qöyiladi, çunki uşbu tölov xizmati mablağlarni qaytarib oliş imkoniyatini qöllab-quvvatlaydi.
11. Xitoyga viza oliş uçun taklifnoma talab qiliş. Taklifnoma rasmiy xat hisoblanadi va haqiqiy kompaniya heç qanday muammolarsiz yuboradi. Firibgarlar esa sizni işlab çiqarişga taklif qilişdan manfaatdor emaslar va Xitoy elçixonasining e'tiborini jalb qilişni xohlamaydilar.
12. Kompaniyaga qönğiroq qiling yoki skayp orqali suhbatlaşing, videoqönğiroq yana ham yaxşi. Kompaniyaning hisob raqami töğrisida savollar bering, ularning reaksiyasiga qarang.
13. Yetkazib beruvçining saytida mahsulot va işlab çiqariş suratini diqqat bilan körib çiqing. Ular boşqa manbalardan olingan yoki oddiy nusxa köçirilganga öxşaydimi?
14. Yetkazib beruvçining xatlariga diqqat bilan qarang. Jiddiy yetkazib beruvçi kompaniyaning körsatilgan barça rekvizitlari, manzili, aloqa ma'lumotlari va hatto kompaniya logotipi bilan şablon imzosiga ega. Skammerlar – firibgarlar köpinça rekvizitlarsiz qisqa imzoga ega böladilar. Şuningdek, menejyerning qançalik professional – öz işining ustasi ekanligini ham hisobga oling, u xabarlarga qançalik tez javob beradi, aniq vaqt rejimida muloqot qiliş imkoniyati mavjudmi va hokazo?
15. Fabrika manzili batafsil körsatilişi kerak. GoogleMap yoki boşqa sun'iy yöldoş orqali olingan fotosuratlar yordamida körsatilgan manzilda nima joylaşganligini köriş mumkin. Haqiqatan ham bu yirik işlab çiqariş korxonasimi yoki oddiy ofis binosimi yoki biror-bir boşqa obektmi? Şuningdek, yetkazib beruvçining geografik örni bilan Xitoyning uşbu tovar köp işlab çiqariladigan hududi orasidagi özaro munosabatni taqqoslaş foydalidir. Agar ular özaro mos kelmasa, u holda demak u olibsotar yoki tovlamaçi ekanligi ehtimoli katta. Aksariyat sanoat tarmoqlari muayyan şaharlar yoki viloyatlarda töplangan, masalan:
Şençjyen: elektronika
Syuyçjou: şişadan yasalgan buyumlar
Syamin: töqimaçilik
Yunkan: avtomobil ehtiyot qismlari
Şantou: öyinçoqlar
Dunguan: plastikdan yasalgan buyumlar
Vençjou: közoynaklar
Suçjou: nikoh köylaklari
Foşan: mebel
Yetkazib beruvçini masofadan turib tekşirişning yuqoridagi usullari işda katta yordam beradi. Juda katta buyurtmalarda esa xavf-xatarni kamaytiriş uçun işlab çiqaruvçini töliq audit tekşiruvidan ötkaziş maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida bayon etilgan tavsiyalarga amal qiliş, ayniqsa, nisbatan juda katta bölmagan summalarga (masalan, 20-30 ming AQŞ dollari) bitim tuzişda muhimdir, çunki Xitoy tomoni bilan nizolar yuzaga kelganda amaldagi yuristlarning gonorarlari yuqori stavkada ekanligi sababli ularga yordam uçun murojaat qiliş qiyinlaşadi. Şuningdek, Xitoy arbitraj organlariga da'vo arizasi topşirilganda arbitraj yiğimi (da'vo arizasi summasidan qat'i nazar yiğim miqdorining minimal summasi 20 ming yuanni taşkil qiladi) tölaş kerak böladi. Şu bilan birga, Xitoy yuristlarining gonorarlari qaytarib berilmaydi.
Bir qator yuridik firmalar haq tölaş asosida ixtisoslaşgan xizmat turini – Xitoydagi kompaniyalarning işonçliligini tekşiriş xizmatini körsatadi. Bunday tekşiruv kompaniya XXR qonunçiligi talablariga muvofiq röyxatdan ötganligini işonçli tarzda aniqlaş, şuningdek, kompaniya töğrisidagi barça asosiy ma'lumotlar, faoliyatni amalga oşiriş huquqi uçun hujjatlarda keltirilgan asosiy ma'lumotlarni töplaş, ofis, uning filiallari va işlab çiqariş korxonasi joylaşgan manzil, asosiy yetkazib beruvçilar va xaridorlar töğrisidagi ma'lumotlar, bank rekvizitlari va bank bilan özaro munosabatlar holatini aniqlab beriş imkonini beradi. Bundan taşqari, kompaniyaning köçar va köçmas mulklari tekşirilişi, röyxatdan ötgan hujjatlar nusxalari (masalan, xöjalik faoliyati yuritiş huquqini beruvçi guvohnoma), şuningdek, kompaniyaning oxirgi hisobot yilidagi asosiy moliyaviy körsatkiçlari taqdim etilişi kerak.
Olimjon Toşpölatov,
“ALimkhan Exim Group” taşqi savdo kompaniyasi rahbari.