Davlat soliq qömitasi raisi Şerzod Kudbiyev «Alter Ego» loyihasi muallifi, jurnalist Kirill Altmanga intervyu berib, soliq tizimi, siyosat va tanqidlar haqida fikrlari bilan örtoqlaşdi. Faoliyati davomida tuman hokimi, vazir va prezident maslahatçisi bölib işlagan Kudbiyev mehnat faoliyatida duç kelgan muammolar, orttirgan tajribasi haqida gapirib berdi.

1981 yili Farğona viloyatida tuğilgan Şerzod Kudbiyev 2016 yili 22 sentyabrda Toşkent şahridagi Mirzo Uluğbek tumani hokimi etib tayinlangandi. Uning jurnalistga aytişiça, uşbu tumandagi lavozim nufuzli amal bölişi birga, hokim zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.

«Eplaş qiyin bölgan salbiy fikrlar oqimiga duç kelsangiz, eng yaxşisi oçiq muloqot qiliş kerak. Piyodalar yölakçasi yöq, yertöla suvga töla, ammo buning uçun meni tanqid qiliş kerak emas. Aksiga, birgalikda işlaylik, taklif va şikoyatlar asosida islohot qilaylik. Bu albatta öz foydasini beradi.

Men hokimlar içida birinçi bölib jamoatçilik kengaşini taşkil qildim. Kengaşning bajaradigan funksiyalaridan biri — fuqarolarning talablariga binoan takliflar işlab çiqiş edi. Men öz vakolatimdan ma'lum qismini, ya'ni qaçon, qayerga, qança pul sarflaşni ularga topşirdim. Albatta, buni tasdiqlaş vakolati özimda qoldi, buning sababi esa imkoniyatlarni töğri hisobga oliş edi.

Yuqoridagi holat juda yaxşi natija berdi. Çunki odamlarni özlari jamoat kengaşida ötirib mavjud muammolarni hal qilişga harakat qilişdi va hamma muammolar birdan öz yeçimini topmasligiga guvoh bölişdi», — deydi u.

Muammolarga yeçimlar haqida

Şerzod Kudbiyevning aytişiça, çiroyli, jimjimador va aqlli maslahatlar beriş, ya'ni muammolarga nazariy jihatdan yondaşiş va muammoning yeçimini topiş — boşqa-boşqa narsalardir.

«Ayni vaqtda sendan oldingi 25-30 yil mobaynida yiğilib qolgan muammolarni hal etiş — umuman boşqa masala. Bu muammolarni yeçiş uçun nafaqat fikrlaş, balki öz atrofingdagilarni ham yangilaşing kerak böladi. Öz navbatida, bildiriladigan fikr yoki tanqid örinli bölsa, buni ijobiy hal qiliş kerak.

Atrofimdagi hamma biladiki, men asosli tanqidlarga ijobiy qarayman. Bunga misol tariqasida Kun.uz va boşqa OAVlarning bildirgan tanqidlari asosida muammolarni hal qilişga intilayotganimizdir. Unutmaslik kerakki, barça muammolar tezda hal bölavermaydi», — dedi soliq tizimi rahbari.