Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi, tibbiyot fanlari nomzodi Sevara Ubaydullayeva bilan uyuştirilgan intervyuni taqdim etdi. Unda koronavirusning grippdan farqi, antibiotiklarni qabul qilişning me'yor va tartiblari hamda mavzuga oid boşqa savollarga javoblar berilgan.

– Koronavirus bilan grippni qanday farqlaş mumkin?

– Koronavirus va grippning bir-biridan ajratuvçi bir neça belgisi mavjud. Jumladan, kasallangan bemor bilan muloqotda bölsangiz, grippning yaşirin davri 5-7 kun, koronavirusning yaşirin davri esa 2-14 kun.

Ikki kasallik ham tumov, köz yoşlanişi, burun oqişi, aksa uriş, tana harorati kötarilişi bilan keçadi.

Lekin gripp kasalligida:

  • umumiy belgilar 1-3 kungaça böladi. Yengil darajasida tana haroratining 38 darajadan yuqori bölişi bir marta kuzatiladi, uçinçi kundan boşlab bemorning ahvoli yaxşilanişni boşlaydi;
  • grippning oğir keçişida, agarda kasallik bronxlar va öpkalarni jarohatlagan bölsa, unda gripp oqibatida kuzatiladigan tana harorati 5 kundan ortiq vaqt davomida 38 darajadan yuqoriligiça qolişi mumkin, undan köp muddat kuzatilmaydi. Grippda yötal dastlabki 3-4 kunda quruq, söng esa balğamli böladi va davolaşda asosiy maqsad balğamni parçalaş yoki köçirişga kömaklaşişdir;
  • gripp kasalligidagi pnevmoniyada öpkaning yalliğlanişi kasallikning reabilitatsiya jarayonida qayta tiklanişi mumkin. Gripp faqat yuqori va pastki nafas yöllarini zararlaydi. Bu kasallikda asab tizimi jarohatlanişi kuzatilmaydi.

Koronavirus kasalligida esa:

  • umumiy belgilar 1-3 kun davomida kuzatiladi, kasallikning yengil şaklida tana harorati bir marta 38 darajagaça kötariladi. Söngra barqaror 37 darajada böladi. Davolaş töğri olib borilsa, bemorning ahvoli kasallikning 5-7 kunlarida yaxşilanadi;
  • kasallikning oğir şaklida esa, 8-kundan boşlab tana harorati 39-40 darajagaça kötariladi. Umumiy holsizlik kuçayadi, quruq yötal zörayadi, nafas yetişmovçiligi, ya'ni hansiraş ham kuçayadi;
  • koronavirusda yötal balğamsiz böladi va u kasallikning keçişiga boğliq holda 2-3 haftadan 1,5 oygaça kuzatilişi mumkin;
  • koronavirusdagi yötalni davolaşda köproq nafas maşqlarini ötkazib, alveolalar faoliyatini töliq ta'minlaş bilan organizmning töqima va hujayralariga kislorod ta'minotini tiklaşga qaratilgan böladi;