«Mamlakatimizda quriliş sohasini korrupsiyadan xoli sohaga aylantiriş böyiça respublika komissiyasining qarori bor. Tizimda-oçiqlik, şaffoflikni ta'minlaş böyiça jiddiy çoralar körila boşlandi –mana endi qadam qöyyapmiz. Bu kamçilik-xatolar endi keçirilmaydi.

Bu kabi muammolar quriliş sifatini tuşib ketişiga ham olib kelmoqda. Mana yaqinda ijtimoiy tarmoqlar orqali Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumani Köganli mahallasida 2017 yilda 6.5 mlrd sömga qurilgan köprik, 2 yil ötmasdan vayron bölganini hammamiz bildik.

Şuningdek, aholi öşa hududdagi yöl qurilişi sifatidan ham norozi. Bu loyihaga ham 5.5 mlrd söm mablağ ajratilgan ekan. Bunday holatlarni yana köplab hududlarda kuzatiş mumkin», deya Norboyevaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Senat raisi mamlakat miqyosida qilinayotgan qurilişlarning nazorati sustligi, qurilayotgan inşootlarning sifati böyiça aholi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda köplab e'tirozlar bayon etilayotgani, biroq mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan ularga öz vaqtida munosabat bildirilmayotganini tanqid qilgan.

«Nima sababdan quriliş sohasida köplab qonunbuziliş holatlari sodir bölsa ham ularni sabablari, ularga yaratilayotgan “şaroitlar” çuqur örganilmayapti. Qaçongaça budjet mablağlari, xalq rizqi talon-toroj qilinadi?!

Faqat qurib-qurib ketaveriş emas, uni tekşiriş ham, nazorat qiliş ham kerak. Odamlarda e'tiroz, savollar köp. Lekin tegişli idoralar tomonidan munosabat bildirilişi mutlaqo qoniqarsiz ahvolda. Agar aybdor bölsa, “aybdormiz, şuni yaxşi işlamagan edik, tegişli çora köramiz” degan gapni aytiş ham mardlik. Qaçon odamlar bilan gaplaşişni örganamiz. Faqatgina vazirlik hokimlik bilan, hokimlik vazirlik bilan gaplaşiş bilan iş bitadi. Biz odamlar uçun işlayapmiz-ku, odamlarni savollariga javob beriş uçun işlayapmiz», deya ta'kidlagan u.

Majlisda masofadan turib qatnaşgan quriliş vaziri örinbosari Kozim Tölaganov Qumqörğondagi köprik sifatiga vazirlik javob berolmasligini, çunki u avtoyöl tizimidagi inspeksiya röyxatidan ötganini ma'lum qildi.

«Çindan ham Toşkent viloyati böyiça quriliş sohasida juda köp qoloqliklarga yöl qöyilgan. Masalan, bu yilgi quriliş dasturiga 180 ta obekt kiritilgan bölsa, bugungi kun holatiga bor yöği 11 ta obekt qabul qilingan. Iyun oyi bilan bugunni taqqoslaydigan bölsak, mingga yaqin obektga nazorat çora-tadbiri körildi.