Uşbu bahsda milliy jamoamiz boş murabbiyi Vadim Abramov 2020 yil hisobidan ilk marta legionerlar xizmatidan foydalandi.
Uçraşuvda hisobni 43-daqiqada forslarning yetakçi hujumçisi Sardor Ozmun oçdi. «Zenit» forvardining kuçli zarbasi oldida Eldor Suyunov ojiz qoldi – 0:1.
Ikkinçi bölimni ham hujumkor boşlagan eronlik futbolçilar 51-daqiqada penalti tepiş imkoniyatiga ega bölişdi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlaşgan Mehdi Toremi Suyunov darvozasini osonlik bilan işğol etdi – 0:2.
Uşbu goldan keyingi hujum vakillarimizga omad keltirdi. Sanjar Qodirqulovning jarima maydoni çiziği ustidan yetkazgan uzatmasini Eldor Şomurodov qiyin vaziyatda bölişiga qaramay, mehmonlar darvozasining uzoq burçagini aniq nişonga ola bildi – 1:2. Bu Eldorning 2020 yilda milliy jamoa safidagi birinçi öyini va dastlabki goli böldi.
E'tiborlisi, Şomurodov bu goli bilan noxuş an'anaga çek qöydi – Özbekiston milliy jamoasi öz tarixida ilk marta Toşkentda Eron darvozasiga gol urdi.
Şu tariqa, ikkinçi noxuş an'anaga çek qöyiş bu safar ham nasib qilmadi – Özbekiston bu safar ham Toşkentda Eronga mağlub böldi. Forslar ketma-ket törtinçi öyinda Özbekistondan ğalaba bilan qaytişdi.
Xalqaro örtoqlik uçraşuvi. 8 oktabr
ÖZBeKISTON – ERON – 1:2
Toşkent, «Paxtakor» stadioni.
Boş hakam: Jasur Muxtorov (Özbekiston)
Gollar: Eldor Şomurodov 53 – Sardor Ozmun 43, Mehdi Toremi 51 (pen.)
Özbekiston: Eldor Suyunov, Rustam Aşurmatov (Igor Golban, 57), Islom Qobilov, Hojiakbar Alijonov (Murod Xolmuhammedov, 46), Farrux Sayfiyev, Lutfulla Törayev (Ikrom Aliboyev, 57), Sanjar Qodirqulov, Abror Ismoilov (Otabek Şukurov, 57), Jasur Yaxşiboyev (Hojimat Erkinov, 46), Jaloliddin Maşaripov, Eldor Şomurodov (Igor Sergeyev, 77).
Eron: 12.Payom Niyozmand, 2.Sodiq Muharrami, 3.Ehson Xojisafi (Umid Nurafkon, 63), 4.Şojai Xalilzoda, 5.Milod Muhammadi, 6.Ahmad Nurullohi, 9.Mehdi Toremi, 11.Vohid Amiri (Ali Karimi, 63), 13.Husayn Kanonizodagon, 17.Ali Gulizoda (Saman Ğoddos, 75), 20.Sardor Ozmun (Mehdi Ğoyedi, 75).













