Almazbek Atamboyev qo‘lga olindi
Atamboyev bilan birgalikda uning sobiq tansoqchilari Damir Musakeyev va Kanat Saginbayevlar ham hibsga olingani aytilmoqda.

Foto: Anadolu Agency
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat xavfsizlik qo‘mitasiga tayanib Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, u Bishkekda ommaviy tartibsizliklar uyushtirish bo‘yicha jinoyat ishi doirasida qo‘lga olingan.
Atamboyev bilan birgalikda uning sobiq tansoqchilari Damir Musakeyev va Kanat Saginbayevlar ham hibsga olingani aytilmoqda.
Davlat xavfsizlik qo‘mitasining ma'lumot berishicha, tartibsizliklarning boshqa ishtirokchilarini qo‘lga olish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda o‘tkazilgan parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan qirg‘izistonliklar namoyishga chiqishgandi. Vaziyat jiddiy tus olib, namoyishchilar Atamboyev saqlanayotgan Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosining darvozasini sindirib, ichkariga kirishgan va uni ozodlikka chiqarishgan.
Ma'lumot uchun, 2019 yil avgustda qo‘lga olingan Almazbek Atamboyev bir qator jinoyatlarda ayblanib, 11 yil-u 2 oy qamoq jazosiga hukm qilingandi. Unga qo‘yilgan asosiy ayblov sifatida kriminal Aziz Batukayevni ozodlikka chiqarish keltirilgandi. 2013 yilda 16 yil qamoq jazosiga hukm qilingan Batukayev muddati yakunlanmay turib ozodlikka chiqarilgan. Atamboyev prezidentlikdan ketgach, bu ish borasida tekshiruv boshlandi. Atamboyev aybini tan olmagach, harbiylar uning uyiga bostirib kirib, qo‘lga olishgandi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada 400 yil ichida ilk bor yovvoyi qunduz aniqlandi
Jahon | 19:56
-
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi
O‘zbekiston | 19:44
-
«Tibbiyot xodimlari sonida va sohani moliyalashtirishda muammo yo‘q. Lekin sifat bo‘yicha e’tirozlar juda ko‘p» - prezident
O‘zbekiston | 19:13
-
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 19:04
Mavzuga oid

12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi

21:02 / 29.04.2025
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

17:12 / 29.04.2025