Google YouTube’ni videoda namoyiş etilgan buyumlarni sotib oliş mumkin bölgan savdo maydonçasiga aylantirmoqçi. Bu haqda öz manbalariga tayanib Bloomberg xabar bermoqda.

YouTube çeklangan kanallarda ana şunday funksiyani sinovdan ötkazayotganligini tasdiqladi.

Qayd etilişiça, Google bir neça oydan buyon YouTube’ni savdo maydonçasiga aylantirişiga şa'ma qilib kelgan. Kompaniya 2020 yilda e-commerce va tölovlar bölinmasini yangilagan. Iyulda esa özining Google Shopping platformasiga sotuvçilarni jalb etiş rejasini e'lon qilgan.

Bundan taşqari, YouTube yaqinda roliklar mualliflarini lavhada tilga olingan mahsulotlarni markirovka qiliş belgisidan foydalanişlarini söradi. 

Bloomberğning qayd etişiça, YouTube’ning savdo maydonçasiga aylantirilişi uni Amazon va Alibaba kabi gigantlar darajasiga olib çiqişi mumkin. 

Hozirça YouTube savdolardan qanday pul işlaşi ma'lum emas.