Lukaşenko bilan boğliq xabarlarni tezkor yetkazib boruvçi va prezident matbuot xizmatiga yaqin ekani aytiladigan «Pul pervogo» telegram-kanali uçraşuvga oid suratlar va video e'lon qildi.

«Konstitutsiya köçada yozilmaydi» – bu prezidentning özlarini muvaqqat kengaş deb atovçi birlaşgan ştab vakillariga murojaati böldi», deyiladi kanaldagi postda.

Uçraşuv haqida BelTA hukumat axborot agentligi ham xabar berdi. Kadrlardan uçraşuvda 11 kişi, xususan, «Belgazprombank» rahbari Viktor Babariko, uning öğli Eduard Babariko, muvaqqat kengaş a'zosi yurist Liliya Vlasova, muxolifat kengaşi koordinatori Yuriy Voskresenskiy bölganini köriş mumkin.

Muvaqqat kengaş a'zosi bölgan muxolifatçi Pavel Latuşko Lukaşenko bu uçraşuv bilan mamlakatda muxolifatçi siyosatçilar qamab qöyilganini tan olganini qayd etib ötgan.

«Qamoqxonadagi muhokama stoli... Bu şunçaki absurd. Axir qanday qilib konstitutsiya masalasida KGB qamoqxonasida muhokama ötkaziş mumkin? Lukaşenko bugun «muloqot ötkazgan» odamlarni siyosiy mahbuslar sifatida tan oldi desak böladi. Bu holat Lukaşenko kuçsizlanayotganini körsatadi», degan Letuşko «Interfaks-Zapad» naşriga.

«Bugungi uçraşuv biz töğri yölda ekanimizni körsatdi. Lukaşenko özi qamagan odamlar bilan muhokama stoliga ötirişga majbur böldi. Uning davlatida barçasi darz ketmoqda: iqtisod qulamoqda, bank tizimi ham, harbiy qöllab-quvvatlaş susaygan, taşqi siyosat oğir ahvolda, mamlakatda töliq izolyatsiya amalda», degan Pavel Letuşko Tut.by saytiga.

GETTY IMAGES

Belarus prezidentlik saylovlaridagi Lukaşenkoning asosiy raqibi bölgan Svetlana Tixanovskaya 4 oy içida ilk marta eri Sergey Tixanovskiy bilan telefonda gaplaşganini aytdi. Suhbat har ikki tomon uçun kutilmaganda sodir bölgan.

«Bugungi voqea biz amalga oşirgan bosim natijasi böldi. Bu uçraşuv bilan Lukaşenko oldinroq özi jinoyatçi deb atagan odamlarning siyosiy mahbus ekanini tan oldi. Agar u muloqot xohlasa, siyosiy mahbuslarni tezda ozodlikka çiqarişi kerak. Muloqot qamoqxonada ötkazilmaydi. U konstitutsion islohot haqida gapirmoqda, lekin buni faqat bizning namoyişlarni kuçsizlantiriş uçun qilmoqda, lekin biz öz yölimizda sobit turamiz va yangi saylovlarga tinçlik yöli bilan erişamiz», degan Tixanovskaya.