Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqda DSQ raisi Şerzod Kudbiyev iştirokidagi yiğilişda yozib olingan audioyozuv tarqaldi. Audio muallifi raisga nisbatan turli ayblovlarni ilgari surgan.

Havola etilgan audioda DSQ raisi xodimlardan biriga baland ohangda murojaat qilib, tadbirkorga QQS mablağlarini qaytarişini söragan.

«Oriyating ham yöq. Men senga topşiriq berganmanmi? Topşiriq berganman. Nega qaytarmaysan, çöntagingdan qaytarasanmi?», degan Kudbiyev.

Audio davomida haqorat va sökinişlar işlatilganini köriş mumkin.

Şerzod Kudbiyev bungaça Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida sökonğiç hokimlarni tanqid qilib, rahbarlar xodimlarga qöpol munosabatda bölişini qoralagandi.

DSQ raisi audio yuzasidan munosabatida intervyudagi fikrida qat'iy ekani, yuqoridagi holatda esa özi şu fikrga qarşi harakat qilganini tan olgan. U yuzaga kelgan vaziyatda mas'uliyatni his qilgan holda, xodim bilan alohida suhbatlaşgan.

«Biz birgalikda yoqimsiz hodisaga töliq barham berdik. Lekin bu meni mas'uliyatdan foriğ qilmaydi…

Heç kimga sir emaski, soliq tizimida islohotlar boşlangan, şu bilan birga, juda köp muammolar yiğilib qolgan. Afsus bilan aytiş kerakki, haligaça ayrim holatlarda tadbirkorlarga nisbatan «soğin sigir» sifatida qarab, ularning hisobidan öz xizmat vazifalarini, eng yomoni – ayrim hollarda esa şaxsiy manfaatlarini közlayotgan şaxslar uçrab turibdi.

Öşa yiğilişda aynan şunday holatlar muhokama qilingan edi. Birinçi holatda – tadbirkorga ortiqça tölangan QQS summasi öz vaqtida qaytarilmagan, ikkinçi holatda – asossiz ravişda hisob raqami band qilinib, undagi mablağlar undirilmoqçi bölgan», deb yozgan Kudbiyev.

U xodimlarning bunday mas'uliyatsiz xatti-harakatlari audioda aytib ötilgan ikki taşkilotning ham faoliyati töxtatilişi kabi jiddiy oqibatlarga olib kelganini aytib ötgan. Hozirda uşbu korxonalarning faoliyati töliq qayta tiklanişiga erişilgan. Şu kabi masalalarni hal etişda şaxsan DSQ raisi aralaşuvi talab etilayotgani afsus bilan e'tirof etilgan.