Bild naşrining xabar berişiça, “Sabotli çoşgoh” deb nomlangan uşbu maşğulotlar Şimoliy Reyn-Vestfaliya yeridagi Nyorvenix aviabazasida ötmoqda.

Ma'lumotlarga köra, uşbu baza Byuxel va Reynland-Pfalsda saqlanuvçi AQŞning B61 turidagi vodorod bombalarini saqlaşga möljallangan muqobil joy hisoblanadi. 

Ta'kidlanişiça, maşğulotlarda Niderlandiya, Belgiya va Italiya qurolli kuçlarining yadro qurolini taşuvçi qiruvçi-bombardimonçi samolyotlari ham iştirok etmoqda. Harbiy ekspertlarning aytişiça, “Sabotli çoşgoh”da AQŞ yadro qurolini yer osti omborlaridan samolyotga xavfsiz yetkazilişi va örnatilişi könikmalari maşq qilinmoqda. Maşğulotlar snaryadlarsiz ötmoqda. 

Ma'lum qilinişiça, Byuxelda parallel ravişda “Mustahkam gvardiya” deb nomlangan maşğulotlar ötmoqda.

Naşrda ta'kidlanişiça, hozirda yadro uruşi xavfi oxirgi 30 yil içidagidan ança yuqori. Bunga esa AQŞning Örta va kiçik masofalarga möljallangan raketalarni yöq qiliş böyiça şartnomadan çiqişi asosiy sabab hisoblanadi.