Fransiyaning moliyaviy jinoyatlar böyiça prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Nikolya Sarkoziga nisbatan uning 2007 yildagi saylov kampaniyasi Liviya tomonidan moliyalaştirilgani böyiça körilayotgan iş doirasida ayblov e'lon qildi. Prokuratura xabariga köra, Sarkozi jinoiy guruh tuzişda ayblanmoqda.
BFM telekanalining qayd etişiça, Fransiya tarixida ilk bor mamlakatning sobiq prezidentiga nisbatan ana şunday ayblov e'lon qilinmoqda.
Bu mazkur iş doirasida Sarkoziga nisbatan e'lon qilingan törtinçi ayblovdir. U bundan taşqari, korrupsiya, davlat mablağlarini talon-toroj qiliş, noqonuniy topilgan pullarga egalik qilişda ayblangan.
Sarkozi jinoiy guruh tuziş ayblovi moddasi böyiça 10 yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin. Frans Press agentligining ma'lumot berişiça, Sarkozi barça ayblovlarni rad etmoqda.
Liviya hukumati 2011 yilda Sarkoziga moliyaviy yordam berganligini ma'lum qilgandi. Xususan, Muammar Qazzofiyning öğli Sayf al-Islom Euronews telekanaliga bergan intervyusida Fransiya prezidentidan Liviya hukumatidan mablağ olganligini tan olişni talab qilgandi. Şundan söng jurnalistlar mustaqil tekşiruv ötkazib, bu ma'lumotni tasdiqlaşgandi.
Nikolya Sarkozining özi barça ayblovlarni rad etib kelmoqda. U 2007-2012 yillarda Fransiyaga prezidentlik qilgan.












