Rossiya Qirğizistonda vaziyat barqarorlaşmaguniga qadar moliyaviy yordam körsatişni töxtatib turadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

"Hozirda, tabiiyki, hukumat yöq va respublikadagi inqirozli onlarni körib turibmiz. Şu bois, albatta, barça idoralar, barça taşkilotlar işga tuşmaguniga qadar ma'lum bir vaqt tanaffus qiliş ma'noga ega", - dedi Peskov.

U Qirğiziston bilan muloqot davom etayotganini ta'kidladi.

"Elçixonamiz ham, taşqi işlar vazirligi ham işlamoqda. Muloqotlar bölgan va davom etadi", - dedi Peskov.

Peskov Kremldagilar Qirğizistonda sodir bölayotgan voqealarni diqqat bilan kuzatayotganligini qayd etdi.

Avvalroq Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste'foga çiqqanligini e'lon qilgandi.