O‘zbekiston | 15:16 / 16.10.2020
20927
1 daqiqa o‘qiladi

Yozuvchi Mamadali Mahmudov vafot etdi

Taniqli yozuvchi Mamadali Mahmudov 80 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi. Bu ma'lumotni Yozuvchilar uyushmasidagi manba Kun.uz’ga tasdiqladi.

Evril Turon taxallusi bilan ijod qilgan Mamadali Mahmudov 1940 yilda Jizzax viloyatining Forish tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limini bitirgan.

U «Bu tog‘lar ulug‘ tog‘lar», «Bo‘z bo‘ri», «O‘lmas qoyalar», «Tumanli kunlar» va «Oy nuri» kabi asarlar muallifi hisoblanadi.

Yozuvchi jami 17 yilni qamoqda o‘tkazib, 2017 yil bahorida ozodlikka chiqarilgan edi. 2018 yil noyabrida esa Yozuvchilar uyushmasi a'zoligiga qayta tiklangandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid