Anjumanda boş vazir örinbosari, «Samarkand Half Marathon» taşkiliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimining turizm masalalari böyiça örinbosari Botir Nurullayev, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinçi örinbosari Ravşan Ermatov, yarimmarafon boş hamkori «Kapitalbank» boşqaruv raisi Alişer Mirzayev iştirok etib, OAV vakillarining savollariga javob berişdi.

Dunyodagi epidemiologik vaziyat marafonni virtual formatda ötkazişni taqozo etmoqda. «Samarkand Half Marathon» xayriya yarim marafoni bu yil autizmga çalinganlarni qöllab-quvvatlaş şiorida ötkaziladi.

«Samarqand yarimmarafoni respublika madaniy hayotida muhim öringa ega bölib, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş va sport turizmini rivojlantirişda öz hissasini qöşadi. Şuningdek, uşbu loyiha xayriya missiyasiga, ya'ni autizmga çalingan bolalarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.

Şuni ta'kidlaşni istardimki, imkoniyati çeklangan va soğlom bolalarni birgalikda öqitiş, tarbiyalaşni tizimli ravişda joriy etiş, eng muhimi, jahon tendensiyasiga muvofiq autizm haqida gapiriş, birgalikda harakat qiliş orqali odamlarning uşbu muhim mavzu böyiça xabardorligini oşirişga intilyapmiz», dedi «Samarkand Half Marathon» taşkiliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov.

Matbuot anjumanida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinçi örinbosari Ravşan Ermatov ham nutq sözladi: «Samarqand şahrida ikkinçi marotaba taşkil etilayotgan uşbu marafon mamlakat ijtimoiy hayotida yirik hodisa bölib, u yurtimizda madaniy turizmni rivojlantirişga katta turtki böladi. Bu şunçaki yuguriş, oddiy sport tadbiri emas, balki boy madaniy an'analarni özida mujassam etgan loyihadir. Mamlakatimiz iftixoriga aylangan sportçilar – Oksana Çusovitina, Şahram Ğiyosov, Odil Ahmedov, Ruslan Nuriddinov ham marafonni tarğib etişda faol iştirok etdi. Fursatdan foydalanib men ham barçangizni uşbu marafonda iştirok etişga çorlab qolaman», dedi Ravşan Ermatov.

Bu yilgi yarimmarafon epidemiologik vaziyat tufayli onlayn formatda ötkaziladi. Bu yöl bilan butun dunyodagi minglab odamlar e'tiborini Özbekistonga qaratiş mumkin.

1 noyabr kuni Samarqandda professional sportçilar uçun 21 km masofaga möljallangan klassik yarimmarafon ötkazilişi rejalaştirilgan. Şu kuni ertalab soat 09:00 dan 11:00 ga qadar belgilangan yönalişda professionallar uçun yuguriş bölib ötadi. Şundan söng, keç soat 21:00 gaça bölgan vaqt oraliğida boşqa iştirokçilar öz xohişiga köra, har qanday masofani bosib ötişi, finiş arkasi yonida suratga tuşişi ham mumkin.