Inson kapitali indeksi qanday aniqlanadi?
Bu yilgi indeksga 2020 yil mart oyigaça bölgan ma'lumotlar kiritilgan. Indeks davlatlar öz fuqarolarining salohiyatidan qay darajada samarali foydalanayotganini ölçaşga yönaltirilgan, bu orqali mamalakatda kelajak avlodga qilingan investitsiyaning samardorligini ölçaş imkoni yaratiladi. Ta'lim va soğliqni saqlaşga bölgan e'tiborsizlik tufayli mamlakat qança zarar körişi mumkinligi va bu zarar butun boşli kelajak avlodga salbiy ta'sir etişi ham tahlil qilinadi.
Inson kapitali insonlar umri davomida töplab boradigan bilim, könikma va salomatlikdan iborat, bular insonga jamiyatning kerakli a'zosi sifatida öz salohiyatini ruyobga çiqarişga imkon beradi.
Jahon banki ma'lumotlariga tayanadigan bölsak, aynan inson kapitali sifati davlatlarning iqtisodiy rivojlaniş darajasidagi 30 foiz tafovutni belgilaydi.
«Inson kapitali indeksi» indeksi 3ta asosiy komponentdan iborat:
- omon qoliş darajasi (bugun tuğilgan bolaning 5 yoşgaça yaşaş ehtimoli),
- ta'lim (ta'lim davomiyligi va sifati),
- salomatlik (maktab bitiruvçilarini mehnat bozoriga mehnatga yaroqli soğlom inson sifatida çiqişi).
Bu komponentlar 6 ta körsatkiç böyiça: yangi tuğilgan bolaning 5 yoşgaça yaşab qoliş ehtimoli, ta'limning davomiyligi, ta'lim natijalari (bilim darajasi), sifatli ta'lim oliş davomiyligi, voyaga yetgan bolalarning yaşab qoliş darajasi, soğlom ösiş (nuqsonsiz rivojlanayotgan bolalar uluşi) qarab baholanadi.
Özbekistonda bir inson öz salohiyatini örtaça 62 foiz qöllay oladi
Özbekiston öz tarixida ilk marotaba 62 foizlik natija bilan uşbu indeks reytingiga kirişga muvaffaq böldi. Ya'ni pandemiyagaça bölgan davrda Özbekistonda tuğilgan bola özining mahsuldorlik salohiyatini örtaça 62 foiz qöllay oladi deb baho berilmoqda. MDH davlatlari orasida eng yaxşi natija Belarus Respublikasi (70 foiz), Rossiya Federatsiyasi (68 foiz) va Qozoğistonda (63 foiz) qayd etilgan.
Özbekiston oldingi yillarda nega indeksda qatnaşmagan?
Dunyo mamlakatlarida inson kapitalini baholaş 1990 yillardan boşlangan. Keyinçalik uni aniqlaş mexanizmlari takomillaştirilib, Jahon banki tomonidan 2018 yilda ilk marotaba e'lon qilindi. Özbekiston bu reytingdan örin oliş uçun bir neça yil oldin harakatlar boşlangan.











