Kelajakda yuqori natijalarga erişiş uçun Özbekiston inson kapitalini rivojlantirişga sarmoya kiritişi kerak. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi rahbariyati hamda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalari uçun ta'lim sohasidagi global amaliyot menejyeri Garri Patrinos boşçiligidagi Jahon banki delegatsiyasi bilan uçraşuv çoğida aytib ötildi.
Uçraşuv davomida ikki taşkilot vakillari tomonidan ta'lim tizimini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Jahon banki delegatsiyasiga xalq ta'limi sohasida olib borilayotgan islohotlar va vazirlikning kelajakdagi rejalari töğrisida ma'lumot berildi.
Özbekiston öquvçi va öqituvçilar bilimini baholaş uçun xalqaro tadqiqotlarda iştirok etişni rejaga kiritgani haqida töxtalib ötildi. Şuningdek, Xalq ta'limi vazirligi pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimini qayta körib çiqişni, öqituvçilarning öz ustida doimiy işlaşini ta'minlaş maqsadida litsenziyalaş tizimini joriy qilişni rejalaştirilayotgani ta'kidlandi.
Jahon banki vakillari Özbekistonning rivojlanayotgan Inson kapitali indeksida iştirok etayotgani uçun minnatdorlik bildirib, kelajakda yuqori natijalarga erişiş uçun inson kapitaliga investitsiya kiritiş muhimligini ta'kidladi. Ta'kidlanişiça, ta'limga ajratilgan mablağlarni xarajatlar sifatida körib çiqiş kerak emas. Ta'limga sarflangan mablağlar sarmoyadir.
Uçraşuv davomida tomonlar Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Jahon banki örtasidagi hamkorlikning mavjud yönalişlarini muhokama qildi, deyiladi vazirlik xabarida.












